"Dinamo" Chimyonda yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2018, 17:17
Pro-Liga ikkinchi davrasidan keyin “Dinamo” klubi ham 10 kunlik tatilga chiqdi. Hozirda klubning mavsumning ikkinchi qismiga rejasi ma'lum.

Xususan, jamoa 9 iyul kuni yig'ilib, Toshkent viloyatining Chimyon tog'li hududida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Unda asosan jamoaning jismoniy holatini tiklashga e'tibor qaratiladi. Ushbu yig'in 20 iyulgacha davom etadi.

Shundan so'ng jamoaga ikki kunlik dam berilib, 23 iyul kuni Samarqanddagi qarorgohda yig'ilib, 24 iyul kuni tibbiy ko'rikdan o'tiladi. So'ng yana Toshkentda yig'in tashkil etilib, Pro-Liga ikkinchi davrasi boshlanishiga qadar nazorat o'yinlarida maydonga tushish rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz