Dinamo bir kunda Qozog'iston klubi va Mashal bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2019, 20:44
Yangi mavsum doirasidagi 4-yig'inni Toshkentda o'tkazayotgan Dinamo jamoasi yakshanba kuni ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Dastlab Davron Fayziev shogirdlari Qozog'istonning Qiron klubiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan bahsda hisob ochilmadi.

Ushbu bahsda “Dinamo” safida yarimhimoyachi Mirzakamol Kamolov ko'rikdan o'tdi. Ushbu futbolchi o'tgan mavsumni “Mashal” klubida o'tkazgandi.

Nazorat uchrashuvi.

Toshkent. 10 fevral.

DINAMO - QIRON (Qozog'iston) - 0:0

Dinamo: 
Shohruh Raimov, Mirkomil Lokaev, Hakimxon Alamxonov, Sunnatilla Abdullajonov, Sherzod Jalilov, Dilmurod Karimov, Obid Hakimov, Mirzakamol Kamolov, Temur Sharipov, Vohid Shodiev, Sanjar Barotov. Kechga yaqin esa “Dinamo”chilarga Muborakning “Mashal” klubi sparring-raqib sifatida maydonga tushdi. Ushbu bahsda ham murabbiylar tomonidan aralash tarkib tushirildi. Qiziqarli kechgan o'yinda nursiz durang qayd etildi – 0:0.

 

Kechga yaqin esa “Dinamo”chilarga Muborakning “Mashal” klubi sparring-raqib sifatida maydonga tushdi. Ushbu bahsda ham murabbiylar tomonidan aralash tarkib tushirildi. Qiziqarli kechgan o'yinda nursiz durang qayd etildi – 0:0.

Nazorat o'yini.

10 fevral. Toshkent.

DINAMO - MASH'AL - 0:0

Dinamo: 
Shohruh Eshbo'taev, Akmal Xolmurodov, Avaz Agaliev, Jasur Urinov, Otabek Narzullaev, Damir Temirov, Nozim Umurov, Komil Sharofutddinov, Sardor Eminov, Qadamboy Nurmetov, Amirjon Safarov.

“Mashal”: Doston To'xtaboev, Muhammad Toshpo'latov, Muhammad Aliqulov, Doniyor Umarov, Ahror Inoyatov, Sanjar Zokirov, Jumaev Maruf, Ahmedov Grigoriy, Samandar Shukrullaev, Elbek Otaqulov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz