"Dinamo" 10 iyuldan yig'inga kirishadi

Aziz Tukhtamuradov
8 iyul 2017, 12:43
O'zbekiston Kubogi chorak final javob uchrashuvi doirasida 4 iyul kuni Muborakda Mashalni mag'lub etgan Dinamo jamoasiga 5 iyul kunidan qisqa tatil e'lon qilingan edi.

Davralar oralig'ida Oliy Liga va iyul oyi yakunida o'tkaziladigan O'zbekiston Kubogi yarim final uchrashuviga tayyorgarlik ko'radigan Dinamo jamoasi besh kunlik dam olishdan keyin 10 iyul kuni Samarqandda to'planib, 11 iyul kunidan Toshkent viloyatining tog'li hududi Chimyonda o'quv mashg'ulot yig'inini boshlaydi. U yerda jamoa 9 kun mashg'ulot o'tab, 20 iyuldan Toshkentda nazorat uchrashuvlariga kirishadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcdinamo.uz