So’nggi yangiliklar

16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  17 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  5 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9

Dilyaver Vaniev: "Individual sifatlar va mahorat o'z so'zini aytdi" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Individual sifatlar va mahorat o'z so'zini aytdi"

"Mashal" bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev O'zbekiston kubogi guruh bosqichi doirasida o'tgan "Nasaf" bilan uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Kubokda guruhdan chiqishni uddalay olganimiz yo'q. "Nasaf" bilan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Raqibning so'nggi 2,3ta uchrashuvlari tahlil qilindi. Futbolchilar darajasi biroz bo'lsada seziladi. Kompakt o'ynashga, ikkinchi zonada qarshi olishga harakat qildik. Afsuski vaziyatlardan foydalana olganimiz yo'q. Qolaversa, "Nasaf"da ham vaziyatlar ko'p bo'lmadi. Individual sifatlar borasida ustunlik qildi, deb o'ylayman. O'yin boshida ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. 

- Siz to'p tepgan va hozirgi davrdagi "Mashal" - "Nasaf" uchrashuvining farqi nimada? 

- Ko'pchilik shu savol bilan yuzlanadi. U vaqtda "Mashal" safida men uchun "Nasaf" juda principial raqib hisoblanardi. SHaxsan men ikki karra kuch bilan tayyorlanardim. Ikki jamoada ham saralangan ijrochilar jamlangandi. Vaqt o'tyapti, lekin qandaydir azart yo'qolgandek. Umuman bu savolga javob berish qiyin. Yigitlar harakat qilishyapti. Ammo futbolchilarning mahorati o'z so'zini aytyapti. 

- Maqsadlar qanday?

- Oldimizga malum bir vazifa qo'yilgan. "Mashal" oldiga maqsad qo'yilganmi, degan savolni bermasligingizni so'rardim.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика