So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  42 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  3 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Dilyaver Vaniev: "2014 yil futbolchilik faoliyatimni tugataman" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "2014 yil futbolchilik faoliyatimni tugataman"

"Mashal"ning bir necha yillik sardori Dilyaver Vaniev ham kechagi tadbir davomida "CA"ga intervyu berishga vaqt ajratdi.
- Jamoa bu yil birinchi ligada ishtirok etdi. Oliy ligaga qaytishga siz qanchalik ishongandingiz?
- SHaxsan men bunga shubha qilmagandim. Sababi oliy liga va birinchi liga o'rtasidagi farqni bilardim. Faqat men oliy ligaga 6 tur qolganida chiqamiz deb o'ylagandim, yakunda esa 4 tur qolganida elita masalasini ijobiy hal qildik.

- 2013 yilgi mavsumda ko'plab o'yinlarni o'tkazib yubordingiz. Bu nima bilan bog'liq?
- Bilasizmi, shu yilga qadar deyarli barcha o'yinlarda ishtirok etardim, hatto almashtirilmasdim ham. Ammo joriy yilda olgan jarohatim tufayli 10ta turni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. Ko'pchilik mendan keyingi mavsumda ham futbol o'ynaysizmi degan savolni bermoqda. SHuni malum qilishim mumkinki 2014 yil mening futbolchilik faoliyatimdagi oxirgi mavsum. 2015 yil futbol o'ynamasligim aniq. Yangi yilda klubda yordamchi murabbiy bo'lishga ruxsat beruvchi licenziyani olaman. "Mashal"dagilar hozir menga murabbiylar yoki klub tizimidan ish taklif qilishmoqda. Bu haqda keyingi yil o'ylab ko'raman.

- "Mashal" yana oliy ligaga qaytdi. Klub oldiga qanday vazifalar qo'yilmoqda?
- Muxlislar klubimizdan oldingi davrlarni kutmoqda. Lekin real olib qarasak sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan holatda emasmiz. Ammo bu degani yana oliy ligada jon saqlash uchun kurashamiz degani emas. O'z maydonimizdagi barcha o'yinlarda istalgan jamoaga qarshi jang qilamiz. Menimcha jamoamiz musobaqa jadvalining o'rtalarida yurishga haqli.

- Aytib o'tganingizdek kelasi mavsum futbolchilik faoliyatingizdagi so'nggisi bo'lar ekan. Aytingchi klub kelajagi bo'lgan himoyachilar haqida nima deya olasiz?
- Tan olish kerakki, yildan-yilga "Mashal"da raqobat kuchayib bormoqda. Tarkibga kirish oson bo'layotgani yo'q. So'nggi yillarda akademiyamizdan yaxshi futbolchilar etishib chiqmoqda. Ular bu yil birinchi ligada yaxshi o'yin namoyish etdi, endi ularning haqiqiy kuchini oliy ligada ko'ramiz.

- Himoyachilar orasida aynan qaysilarni ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?
- SHerzod Fayziev bu yil ancha o'sishga erishdi. Unda kuchli himoyachi bo'lish uchun barcha hislatlar mavjud. Faqat o'sishdan to'xtab qolmasa bo'ldi. Bundan tashqari Iskandar SHoyqulov ham o'zini ko'rsatdi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика