So’nggi yangiliklar

08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  3 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  0 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  2 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  14 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  10 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  24 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104

Dilshod Jabborov: "SHaxtyor" bilan o'yinda kamida durangga loyiq edik" Yangiliklar

Dilshod Jabborov: "SHaxtyor" bilan o'yinda kamida durangga loyiq edik"

Xabaringiz bo'lsa kerak, Toshkentning "Lokomotiv" klubi ayni damda BAAda yig'in o'tkazmoqda.
Tayyorgarlik bosqichi qanday ketayotgani va o'tkazilgan sinov-nazorat uchrashuvlari haqida bilish uchun jamoa pleymeykeri Dilshod Jabborov bilan bog'landik.

- Dilshod aka, avvalo jamoangizning xorijda tashkil etgan mazkur yig'ini haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?
- Aytishim mumkinki, yig'in ko'ngildagidek o'tmoqda. Hech qanday muammo yo'q. Hamma futbolchilar mashg'ulotlarda bir-tanu bir-jon bo'lib ter to'kmoqda.

- Murabbiylar shtabi mashg'ulotlarda ko'proq nimalarga urg'u bermoqda?

- Eng avvalo jismoniy jihatdan yuqori darajaga chiqish uchun mexnat qilyapmiz. Qolaversa to'p bilan ham ishlayapmiz.

- "SHaxtyor"ga qarshi kechgan bahs xususida nima degan bo'lardingiz? Umuman olganda shu kungacha o'tkazilgan sinov-nazorat uchrashuvlari sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Nazarimda "SHaxtyor"ga qarshi yomon to'p surmadik. Bilasizmi bu o'yinda biz kamida durangga loyiq edik. Xitoyliklar bilan kechgan uchrashuvda yagona gol o'yin taqdirini xal qildi. Lekin bu bahsda ham yaxshi o'ynagandik, menimcha. Qozog'istonning "Qayrat" klubi bilan esa teng kurash ostida kechgan o'yinni o'tkazdik.

- Nima deb o'ylaysiz, bunday yuqori saviyadagi jamoalarga qarshi o'yin o'tkazish qanchalik foyda keltirmoqda?

- Albatta, bu o'yinlar bizga katta tajriba beradi. Ayniqsa OCHLdagi o'yinlar oldidan qanday kuchga ega ekanligimizni ko'rsatib beradi.

- Ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol: Lutfulla To'raev bilan bo'ladigan raqobat to'g'risida nima deysiz?
- Asosiy tarkibda muntazam ravishda o'ynash uchun birgina To'raev bilan raqobatlashmayman. Undan tashqari men o'ynaydigan poziciyada yana bir nechta kuchli futbolchilar bor.  Murabbiy kimning o'sha kungi xolati yaxshi bo'lsa, shuni boshlang'ich tarkibiga kiritadi.

- OCHL pley-off bosqichida "Lokomotiv"ga 8 fevral kuni "Quvayt SK" (Quvayt) yoki "Al-SHabab" (Iroq) raqiblik qiladi. SHaxsan siz bu jamoalarning qay biri to'qnash kelishni istardingiz?

- OCHLda kuchsiz jamoalar bo'lmaydi. SHuning uchun ularni alohida ajratib ko'rsatish qiyin. Menga qaysi klub bilan ro'baro' kelishning ahamiyati yo'q. Muhimi qaysi raqib bo'lsa ham o'z maydonimizda kerakli natijani qo'lga kiritish.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика