So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  21 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  8 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

Dilshod SHarofetdinov: "Malayziya chempionati saviyasi past emas" Yangiliklar

Dilshod SHarofetdinov: "Malayziya chempionati saviyasi past emas"

Dam olish kunlari Malayziya super-ligasining 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Dilshod SHarofutdinov to'p surayotgan Simbe Darbi jamoasi Paxang klubini qabul qilib, Faxrul Razi tomonidan urilgan yagona gol evaziga chempionatdagi dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi. Dilshod bu uchrashuvda to'liq vaqt harakatlandi. Ilk tur o'yinida SHarofutdinovning jamoasi mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. SHanba oqshomi o'tkazilgan o'yindan so'ng Paxtakor jamoasining sobiq futbolchisi bilan bog'lanib, eksklyuziv intervyu oldik.

- Dilshod, klubingizning ilk g'alabasi bilan tabriklaymiz. Suhbatimiz avvalida uchrashuv haqidagi fikringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Tabrik uchun rahmat. Bugungi raqibimiz Malayziya futbolining eng mashhur va nomdor klublaridan biri edi. O'z vaqtida Azamat aka Abduraimov ham Paxang jamoasi tarkibida o'ynagan. Biz mavsumni mag'lubiyat bilan boshlagan bo'lsak, Paxang aksincha, g'alaba qozongandi. O'yin qiyin kechishini bilardik. Lekin o'z muxlislarimiz oldida ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q edi. SHuni anglagan holda maydonga tushdik va kerakli natijani qo'lga kiritdik. Bu g'alaba keyingi o'yinlarda biz - futbolchilarni yanada ruhlantirishiga ishonaman. 3-tur uchrashuvini 28 yanvar kuni autsayder Saravak klubiga qarshi o'tkazamiz. 1-turda chempionlik yo'lida asosiy raqiblarimizdan biri - Kelantonga 1:2 hisobida yutqazdik. Mehmonda, boz ustiga, kuchli raqib maydonida o'ynash hamisha qiyin. Bundan tashqari, Malayziya associaciyasi kubogida 1|8 finalga yo'l olganimizni ham aytishim joiz. Angaktan Tentera Malayziya klubidan 2:1 hisobida ustun keldik. Endi chorak final yo'lida Yaroslav Krushelnickiyning klubi - Felda Yunayted bilan o'ynaymiz.

- O'zi Malayziya klubiga o'tishingiz tarixi qanday bo'ldi?
- Paxtakor-Buxoro uchrashuvi oldidan menga Malayziya klubidan taklif tushayotgani va jamoa vakillari o'yinni bevosita stadionda kuzatish uchun Toshkentga kelganliklarini aytishdi. Harakatlarimni ko'rishdi. Uchrashuvdan keyin ijara asosida Simbe Darbiga o'tishim masalasini hal qilishdi. O'zimga ham taklif har tomonlama maqul keldi.

- Malayziya klubiga o'tishni o'zingiz istadingizmi yoki bu klub xohishi?

- Tabiiyki, birinchi galda, o'zim xohladim. Salohiyatimni xorij klubida sinab ko'rishni maqsad qilgandim. Bu imkoniyat yuzaga kelgan payt uni qo'ldan chiqarolmasdim. Hozircha hammasi joyida.

- Paxtakorni tark etish qiyin kechgandir?
- Albatta. Axir klub tarkibida 5 yil o'ynadim. Yigitlar bilan ahil bir oila azolaridek bo'lib qolgandik.

- Malayziya chempionati qanday taassurot qoldirmoqda?
- Endigina 2ta tur ortda qoldi. Tayinli bir fikr bildirish mushkul. Ammo shunisi aniqki, Malayziya chempionati saviyasi past emas. Bevosita o'z klubimga to'xtalsam, Simbe Darbi 4 yil avval tashkil etilgan ekan. Jamoa qisqa vaqt ichida havaskorlar ligasidan superligagacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. 2012 yili Malayziya kubogi finaliga etib borgan. O'tgan mavsum chorak finalga chiqqan. Debyutant bo'lsa ham, jamoamiz oldiga jiddiy maqsadlar qo'yilyapti.

- Murabbiylar bilan munosabatlaringiz qanday?
- Simbe Darbini mahalliy mutaxassis Ismoil Zakariyo boshqarmoqda. U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Muhimi, bir-birimizni tushunyapmiz.

- Yangi muhitga moslashib ketish qiyin kechmayaptimi?
- Avvaliga biroz qiynaldim. Til masalasida muammolar bor. Lekin noliydigan darajada qiyinchilikka duch kelmadim.

- Klub bazasida yashayapsizmi yoki alohida uy berishdi?
- Stadiondan unchalik uzoq bo'lmagan joydan alohida uy ajratishdi.   

- Qaysi futbolchilar bilan yaqindan do'stlashib oldingiz?
- Barcha jamoadoshlarim bilan yaxshi aloqadaman. Ayniqsa, suriyalik legioner Mahmud bilan yaxshi chiqishaman.

- Mahalliy taomlarga o'rganib qoldingizmi?
- Yo'q. Taomlarga o'rganolmayapman. SHukrki, oilam yonimda. Xotinim o'zimizning milliy taomlarni tayyorlab beryapti.

- Malayziyada futbolga etibor qay darajada?
- Bu erda ham hukumat darajasida etibor qaratilayotgan ekan. Malayziyada futbol birinchi raqamli sport turi. CHempionatda 2ta, kubokda 1ta rasmiy o'yin o'tkazgan bo'lsak, deyarli bo'sh stadionni ko'rmadim. Bizning uy stadionimiz - Majlis Perbandaran Selayang 10 ming tomoshabinga mo'ljallangan.

- Yangi klubingiz tarkibida ham Paxtakorda o'ynagan poziciyangizda harakat qilyapsizmi?

- Paxtakorda hujumchi ortida o'ynagam bo'lsam, bu erda tayanch yarim himoyachisi rolini bajaryapman. Lekin bu men uchun yangilik emas.

- Jamoangiz oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?
- CHempionatda kuchli uchlikka kirishimiz kerak. Malayziya chempionati iyun oyi oxirlarida yakunlanadi. SHundan keyin mamlakat kubogi guruh bosqichi tizimida o'tkazilar ekan. Mamlakatning amaldagi chempioni Singapurning Lions klubi hisoblanadi. Bu jamoa norasmiy tarzda Malayziya chempionatida qatnashib keladi.

- Sizningcha, Malayziyaning eng kuchli klubi O'zbekiston oliy ligasida nechanchi o'rinni egallashi mumkin va aksincha, mamlakatimizning nechta klubi Malayziya chempioni bo'lishga qodir?
- Malayziyaning eng kuchli klubi O'zbekiston chempionatida 3-4-o'rin uchun kurashsa kerak. Jamoalarimizdan esa kamida 4tasi Malayziya chempioni bo'lishi mumkin.


 Kamol NUR suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика