Dilshod Rahmatullaevning "Sanliurfaspor"dagi debyuti g'alabali bo'ldi
26 jan 2014 18:59
Yangiliklar


Dilshod Rahmatullaevning "Sanliurfaspor"dagi debyuti g'alabali bo'ldi
Bugun Turkiya birinchi ligasida 21-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Dilshod Rahmatullaev to'p tepayotgan "Sanliurfaspor" klubi safarda "Kaxramanmarasspor" klubiga qarshi o'yin o'tkazib 2:0 hisobida zafar quchdi. O'tgan o'yinni zaxiradan kuzatgan hamyurtimiz bu turda to'liq o'ynadi. Ketma-ket to'rtta mag'lubiyatdan so'ng ilk g'alabaga erishgan "Sanliurfaspor" 21ta turdan so'ng 29 ochko to'plab musobaqa jadvalining 8-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 1 fevral kuni o'z uyida "Istanbul BB"ga qarshi o'tkazadi.
"Kaxramanmarasspor" - "Sanliurfaspor" 0:2
Gollar: Yesilmen 21, Banaxene 90.
"Kaxramanmarasspor" - "Sanliurfaspor" 0:2
Gollar: Yesilmen 21, Banaxene 90.

Fikrlar