So’nggi yangiliklar

20:35U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:1 (матнли трансляция)  52 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  0 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6

Dilshod Rahmatov: "Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Dilshod Rahmatov: "Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdik"

Osiyo kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Iroq (3:1) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz azosi Dilshod Rahmatov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Osiyo kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Iroq (3:1) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz azosi Dilshod Rahmatov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Qiyin o'yin o'tkazdik. Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi bizni alohida etibor bilan o'rgangani sezilib turdi. Ayniqsa, birinchi bo'limda bu xolat yaqqol sezildi.

Alohida takidlagan bo'lardim, jamoamiz azosi Xusniddin Nishonov bugun juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Aynan uning harakatlari evaziga urilgan gollar jamoamizga g'alaba keltirdi. Biz Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdik.

- Iroq yoki Malayziya. Qaysi terma jamoa sizda iliq taasurot qoldirdi?

- Har ikki terma jamoaning ham o'ziga xos ustun tomonlari bor. Biroq Osiyoda reyting jihatdan Iroq kuchliroq sanaladi. 

Aslida hech qaysi terma jamoani kuchsiz sanamagan bo'lardim. Sababi buning natijasida pand eb qolishimiz mumkin.

- Terma jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislar haqida fikrlaringiz...

- Albatta, biz butun o'yin davomida ularning daldasini his qilib turdik. Ular uchun g'alaba qozonishimiz shart edi. Arenaga kelgan yoki televidenie orqali qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика