So’nggi yangiliklar

23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  1 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  4 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  8 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  11 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9

Dilshod Nuraliev U-21 chempionati haqida fikr bildirdi Yangiliklar

Dilshod Nuraliev U-21 chempionati haqida fikr bildirdi

Narzulla Saydullaev muallifligidagi "Dubl 21" loyihasi bu safar "Lokomotiv" o'rinbosarlariga bag'ishlandi.

Ko'rsatuv orqali "Lokomotiv" U-21 bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev ushbu chempionat haqida o'z fikrlarini bildirdi. 


U-21 chempionati darajasi haqida

- Endi yutuqlar ham, kamchiliklar ham ko'p. Bazan qaysi birini aytishni ham bilmay qolasan. Eng katta muammo maydonlar holati. Aksar klublarda U-21 jamoalari o'ynaydigan maydon holati yaxshi emas. Bundan tashqari, bazi joylarda kiyim almashtirish xonasi, yuvinish uchun sharoit yo'q. Agar shu kabi sharoitlar yaxshilansa, o'ylaymanki, U-21 musobaqasi yanada yaxshi o'tadi. Endi o'yinlar haqida fikr bildiradigan bo'lsam, qiziq bahslar ko'p bo'ldi. Buni jadvaldagi holat ham aytib turibdi. Jamoalar to'plagan ochkolar bir-biriga yaqin, raqobat oshyapti. 


Futbolchilarni ruhlantirish haqida 

- Bu erda biz uchun birinchi maqsad - asosiy tarkibga futbolchi tayyorlab berish. Natija esa ikkilamchi o'rinda. Klub rahbariyati ham oldimizga futbolchi tayyorlab beringlar degan maqsadni qo'ygan. Bu mavsum uch nafar futbolchimiz - Nurmuhammad Toshpo'latov, Javohir Abdualimov, Igor CHikrizov "Lokomotiv" asosiy tarkibida debyut qildi. Bu ham kishini xursand qiladi. Yana uch-to'rt nafar iqtidorli futbolchi bor, nasib vilsa, ularni ham keyingi yil asosiy tarkibda ko'ramiz. Asosiy jamoada o'ynashga bo'lgan ishtiyoqning o'zi futbolchilar uchun yaxshi motivaciya deb o'ylayman. Mening fikrimcha, bu yoshda bolalar uchun pul birlamchi bo'lishi kerak emas. Avval futbolni o'ylash kerak, keyin pul keladi. 


U-21 chempionati formati haqida 

- To'g'ri, birorta jamoa Superligadan tushib ketib, Proligada o'ynasa o'z-o'zidan o'rinbosarlar tarkibi tarqalib ketadi. CHunki Proliga klublarida U-21 jamoalari yo'q. SHu bois bu haqda jiddiy bosh qotirish kerak deb o'ylayman. Xuddi Superliga kabi U-21 chempionati ham alohida musobaqa. Har ikkala turning o'z jadvali bor. Agar bizda ham Angliyadagi kabi U-21 chempionati alohida musobaqa bo'lsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика