So’nggi yangiliklar

03:05"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув  116 02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  1 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  1 01:25"Мақсадимиз — қасос эмас, Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш!" — Арбелоа "Бенфика" билан ўйин олдидан  0 00:41Моуринью: "Эҳтимол, мен "Реал"дан истеъфога чиқарилмаган саноқли мураббийлардан биридирман"  2 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  7 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  4 23:40"Ўзлари симуляция қилиб, энди ахлоқдан дарс беришяпти!" — Милан мэри Кьеллини ва Дель Пьерони "ерга туширди"  3 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади  96 22:37Шармандалик: Туркияда мухлислар ҳакамнинг бошига велосипед билан зарба беришди!  7 22:33Расман: Жасур Ҳакимов — "Металлург" футболчиси!  0 22:12Назорат баҳси. "Сўғдиёна" - "Динамо" Батуми 2:0  0 21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  46 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  4

Dilshod Nuraliev: “G'alabani barcha yurtdoshlarga bag'ishlaymiz” Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: “G'alabani barcha yurtdoshlarga bag'ishlaymiz”

O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining “S” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston – Xorvatiya bahsi yakuniga etgach, har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
- Bugungi yutuqdan juda xursandmiz. Stadionga kelib qo'llab turgan muxlislarga ham rahmat. G'alabani butun O'zbekiston ahliga bag'ishlaymiz. Hamma ko'rdi, o'yin juda og'ir kechdi, ayniqsa birinchi bo'limda o'zimizdan kutilgan futbolni namoyish qila olmadik. Avvalgi uchrashuvda ham shunga o'xshash hol sodir bo'lgandi. Xorvatiya texnik va taktik jihatdan juda kuchli jamoa ekan, menga ularning harakatlari yoqdi. Raqib safida 10-raqamda to'p surgan Xalilovich juda iliq taassurot qoldirdi. Agar u jarohat olib, maydonni tark etmaganida menimcha, raqibni yuta olmagan bo'lardik. To'g'risini aytsam, men ham jamoamda Xalilovichga o'xshagan futbolchi bo'lishini xohlayman.

- Jamoangiz keyingi bosqichda Gondurasga qarshi kurash olib boradi. Bu jamoani Panamaga o'xshash deb hisoblaysizmi?

- Malumki, Gonduras ham KONKAKAF mintaqasi vakili hisoblanadi. Keyingi bosqichda kim bilan o'ynashimiz mana endi malum bo'ldi va ertadan navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuboramiz. Gondurasning guruhdagi o'yinlarini diqqat bilan o'rganib chiqamiz va shunga yarasha hozirlik ko'ramiz. Bilishimcha, gondurasliklar baquvvat futbolchilar va ular bilan ham oson bo'lmaydi. Bizda raqibni mensimaslik degan narsa yo'q. Gonduras o'z guruhidan chiqdimi, demak, shunga yarasha kuchli jamoa.

- O'zbekiston o'smirlar termasi guruh o'yinlarida atigi bitta gol o'tkazdi va boshqalar bilan taqqoslaganda eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etdi. SHu haqda nima deya olasiz?
- Men murabbiy sifatida urilgan va o'tkazilgan gollarga unchalik ahamiyat bermayman. Bunga ko'proq jurnalistlar va muxlislar qiziqishadi. Men uchun ko'proq yakuniy natija muhim. Biz umumjamoa sifatida nimaga erisha olamiz, meni ko'proq shu qiziqtiradi.

Xayrulla Xoliqov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика