So’nggi yangiliklar

23:58Европа лигаси. "Рома", "Манчестер Юнайтед", "Тоттенхэм" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  1 23:23"Сўғдиёна" учинчи ўртоқлик ўйинида ҳам мағлуб бўлди  0 23:11"Барселона" футболчиси: "Ўғлим "Реал" мухлиси эди"  5 22:462024 йилда трансферлар учун қайси давлат клублари қанча ишлатди?  1 22:11"Тоттенхэм" 60 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  2 21:54Рой Кин: "Рэшфорд уялиши керак"  0 21:31Мората Туркия чемпионатига йўл олмоқда!  3 21:10Саудия Арабистони. "Ал Раед" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  7 20:52Расман: ПСЖ футболчиси Моуринью жамоасига ўтди  0 20:28ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:10"Навбаҳор"нинг БААда ўртоқлик ўйинлари ўтказадиган барча рақиблари маълум  3 19:52Расман: Мирко Йеличич - "Олимпик" бош мураббийи!  5 19:33"Барселона" етакчиси билан шартномани 2030 йилгача узайтирди  7 19:04"Боруссия" ўзига янги бош мураббий топди  5 18:29Мадриддаги "фантастик тўртлик"  85

Dilshod Hamroev: Obod elitada qoladi, albatta Yangiliklar

Dilshod Hamroev: Obod elitada qoladi, albatta

Teglar :  Dilshod HamroevObod
Mutaxassislarning aytishlaricha, birinchi davrada eng past natija qayd etgan Obod aslida o'yin sifati bo'yicha chakki emas.

Biroq debyutantlik bosimi sabablimi yoki shunchaki, tajriba kamligi bois, poytaxtliklar oraliq marraga so'nggi pog'onada etib kelishdi. Harqalay, aksariyat o'yinlarda Obodning shashti shundoq ko'zga tashlanib turdi. SHuning barobarida tarkibdagi ko'plab futbolchilarning bungacha oliy liga havosidan bahra olishmagani ham sezildi. Jamoa boshqaruvi Aleksandr Mochinov qo'liga topshirilganidan keyin obodchilar Andijon maydonida muvaffaqiyatga erishdilar. Ammo umumiy holat hamon qaltis, baribir. SHuni etiborga olgan jamoa ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoniga jiddiy yondashmoqda. 7 iyul kuni boshlangan dastlabki yig'inda asosiy etibor futbolchilarning jismoniy holatini talab darajasiga olib chiqishga qaratildi. SHundan keyin Obod mashg'ulotlarni poytaxtimizga ko'chirdi. Biz o'tgan hafta jamoa darvozaboni Dilshod Hamroevdan aynan tayyorgarlik jarayoni xususida intervyu oldik.

- Malum bo'lishicha, Obod ikkinchi davraga tayyorgarlikning birinchi bosqichini dam olish maskanida olib bordi. Unda murabbiylar shtabi asosan nimalarga etibor qaratdi?



- Jismoniy tayyorgarlikni maromiga etkazish masalasiga. Xususan, kuniga ikki mahal mashg'ulot o'tkazib, funkcional holatni yaxshilash ustida ishladik. Boshqacha aytganda, birinchi yig'inda deyarli to'psiz shug'ullandik. CHunonchi, ikkinchi davradagi har bir o'yin biz uchun o'ta muhim va ularda so'nggi daqiqalargacha bir maromda o'ynashimiz talab etiladi. Buning uchun tabiiyki, futbolchilarning jismoniy holatlari yaxshi bo'lishi kerak. Murabbiylar shtabi ham shuni inobatga olib, jismoniy tayyorgarlikka jiddiy yondashdi. Umuman olganda, tayyorgarlik jarayonining birinchi qismi ko'ngildagidek kechdi.  SHundan so'ng mashg'ulotlar poytaxtimizga ko'chirildi. Bunisida endi nazorat uchrashuvlari, taktik tayyorgarlik birinchi o'ringa chiqdi.

- Birinchi davradan keyin Sanjar To'raqulov, Javlon Iskandarov, Xurshid G'iyosov, SHerzod Jalilov, Davron Jo'raqulov kabi asosiy tarkib futbolchilari jamoa bilan xayrlashishdi. Bir qarashda, yo'qotishlar ko'lami ancha kengdek...

- Ochig'i, ketganlar haqida biror aniq fikr bildirolmayman. Zero, bu masala bilan rahbariyat shug'ullanadi.

- Xo'sh, unda ayting-chi, ketganlar o'rni munosib futbolchilar bilan to'ldirilyaptimi?

- Ha. Murabbiylar shtabi imkon qadar harakat qilyapti. O'ylaymanki, ikkinchi davra startiga qadar tarkibimiz ancha kuchayadi. Bilishimcha, murabbiylar bu borada ko'z ostilariga olib qo'ygan futbolchilar bilan ish olib borishyapti.

- Umuman, Obodning qiyin vaziyatdan chiqib ketishi uchun tarkib qanday darajadagi futbolchilar bilan kuchaytirilishi lozim, sizningcha?


- Yana takrorlayman: tashkiliy masalalar bo'yicha gapirishim noo'rin. Axir futbolchining vazifasi - qaysidir o'yinchini tarkibga qo'shib olishni tavsiya etish emas, maydonda bor kuchini ishga solib o'ynash. Boshqasi rahbariyat va murabbiylar shtabiga havola. Faqat aytishim mumkinki, agar tarkib sezirarli darajada kuchaytirilsa, natijamiz keskin yaxshilanishiga ishonaman. Umumiy holda olsak, jamoamizda hammasi yaxshi. Endi kemtik poziciyalarga bir necha futbolchi taklif qilinsa, samara ham tezda ko'rinsa, ajabmas.

- Darvozabonga Yarim jamoa, deya tarif berishadi. SHaxsan siz birinchi davradagi ishtirokingizga qanday baho berasiz?


- Murabbiylar menga katta ishonch bildirishdi va aksariyat o'yinlarda asosiy tarkibdan joy oldim. Fursatdan foydalanib, buning uchun murabbiylar shtabiga alohida minnatdorchilik bildiraman.  Endi o'yinlardagi harakatlarimga kelsak, ko'nglim to'lgan tomonlar yo'q emas. Asosiysi, ozmi-ko'p tajriba ortdirdim, o'z salohiyatimga ishonch hissini oshirdim, dadilroq turishni o'rgandim. Lekin kamchiliklar ham ko'zga tashlanganini tan olaman. Deylik, qaysidir vaziyatlarda qo'pol  xatolarga yo'l qo'ydim. SHunday ekan, endi o'sha xatolar ustida ko'proq ishlashim kerak. Nima bo'lishidan qatiy nazar, ikkinchi davrada ham o'z o'rnimni mustahkamlash uchun kurashaman.



- Bordiyu, klub davralar oralig'ida saviyaliroq darvozabon bilan bitim imzolasa, bu sizni xavotirga solmaydimi?

- Aslo. Axir raqobat faqat naf keltiradi. Bu holat meni zarracha  o'ylantirayotgani yo'q. Tabiiyki, murabbiylar kim kuchli bo'lsa, uni asosiy tarkibda maydonga tushirishadi. Men esa, birinchi raqamli darvozabon maqomini olish uchun  mehnat qilishdan sira to'xtamayman. Qisqasi, hammasiga tayyorman. Qolaversa, kuchli golkiper taklif qilinsa, bu jamoamiz foydasiga ishlaydi.

- Aleksandr Mochinov sizda qanday taassurot qoldirdi?


- Albatta, yaxshi. Ilgari Mochinov bilan Bunyodkor yoshlar jamoasida birga ishlaganman. SHu bois, ushbu mutaxassisni yaxshi bilardim. U o'z ishiga juda talabchan va futbolchilardan professionalcha yondashuv kutadi.

- Elitaga yangi chiqqan aksariyat klublar odatda ilk mavsumda kuchlilar qatorida qolish uchun harakat qilishadi. Obodning ham ayni vaqtdagi bosh vazifasi ta­yin - oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolish. Xo'sh, jamoa buning uddasidan chiqa oladimi?


- Birinchi davrada yo'l qo'yilgan xatolardan etarlicha xulosa chiqardik. Bilasizmi, aslida mavsumni u qadar yomon boshlamadik. Deylik, har bir o'yinda borimizni berib to'p surdik. Bazi uchrashuvlarda etarlicha imkoniyatlarga ega bo'la turib, yakunda g'alaba qozonolmaganimiz alam qildi. Demoqchimanki, omadimiz yurishmadi. O'zingiz o'ylang,  yutishimiz muqarrardek ko'ringan ayrim o'yinlarda kichik xatolar oqibatida qulay  vaziyatlarni golga aylantirolmadik. Bu omad etishmaganidan dalolat bo'lsa kerak. Xullas, hozirgi og'ir holatimiz shunchaki, kutilmagan natija. Zero, jamoada ichki muhit yaxshi, yigitlarning o'z kuchlariga nisbatan ishonchlari ancha baland. Aytish joiz, ikkinchi davrada endi barchasini boshidan boshlaymiz hamda kuchlilar orasida qolish vazifasini bajaramiz. Bunga shubham yo'q.

AVAZBEK suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика