So’nggi yangiliklar

01:59ЛаЛига. Ньом 36 сонияда қизил олган баҳсда "Реал"дан ғалаба  43 01:43А Серия. "Милан" Пиолининг "Фиорентина"сини мағлуб этиб, пешқадам бўлиб олди  2 01:01Жейми Каррагер: "Ливерпуль" кучлироқ эди. МЮ фақатгина шундай тарзда "Энфилд"да ғалаба қозона олиши мумкин"  4 00:36Рубен Аморим: "Мусиқа танлашда футболчилардан кўра таъбим яхшироқ"  0 00:35​Суперлига. "Нефтчи" - ОКМК 1:0   0 00:17Арне Слот: "Чуқур ҳимояланадиган жамоага қарши ўйнаш доимо қийин"  5 23:47Харри Магуайр: "Ниҳоят "Ливерпуль"ни мағлуб қилдик, бу ёқимли"  2 23:15АПЛ. "Ливерпуль" - "Манчестер Юнайтед" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:57Миржалол Қосимов: "Биринчи таймда оддий вазиятдаги хато бизга қимматга тушди"  3 22:45Виталий Левченко: "Биз учун ҳар бир ўйин олти очколи"  4 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Энфилд"да "Ливерпуль"ни мағлуб этди, Магуайр яна қаҳрамон!  86 21:55Тудор "Ювентус"нинг мағлубиятига изоҳ берди  1 21:28Суперлига. "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:12Акмал Рустамов: "Қизил карточка ва пенальти ўйинни ҳал қилди"  1 20:49Камолиддин Тожиев: "Режаларимизни очиқлай олмайман. Ҳар бир позицияга иккитадан футболчи бор"  5

Dilyaver Vaniev "So'g'diyona"ga qarshi o'yindan so'ng: "Toshkentda "Bunyodkor"dan ochko olib qaytishni istaymiz" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev "So'g'diyona"ga qarshi o'yindan so'ng: "Toshkentda "Bunyodkor"dan ochko olib qaytishni istaymiz"

Superliga 1-turidan o'rin olgan “Mashal” - “Sug'diyona” uchrashuvidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniev fikrlarini bildirib o'tdi.




- Avvalo, barchani va xalqimizni mavsum boshlangani bilan tabriklayman. O'yindan so'ng ko'plab tabriklar kelmoqda. Umuman olganda o'yin va natijadan qoniqish hosil qildim. Uchrashuv davomida xatolar ko'p bo'ldi, raqibda havfli vaziyatlar etarlicha kuzatildi. Futbolchilar oxirgacha kurash olib borishdi, buning uchun ularga rahmat aytaman. Jamoaning salohiyati haqida ko'p gapirmoqchi emasman. Buni vaqt o'tgani sari bilib olasiz. Keyingi turni Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi o'tkazamiz. Poytaxtdan ochko bilan qaytishni istaymiz. Biz o'z o'yinimizni namoyish qilish va munosib qarshilik ko'rsatish uchun boramiz.

- Hisob yirik ko'rinish olishini kutganmidingiz? “Sug'diyona” Superligamizning kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi...

- Ochig'i, bunday natijani kutmagandim. Raqib 0:3dan keyin ham o'zini yo'qotib qo'ymadi. Hujumlar uyushtirdi.

- Bugungi o'yinda jamoaga nima motivaciya bo'la oldi?

- Motivaciya haqida nima deyishim mumkin. Tarkibdagi futbolchilar ko'pi yosh. Ular bilan bir necha yildan beri ishlamoqdaman. Biz bugun o'yin tashkil qilishda yaxshi harakat qildik. Futbolda omad ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tarkibdagi futbolchilar men uchun kuchli.

- “Mashal” ikkinchi bo'limda o'yinni tashlab qo'ygandek ko'rindi?

- Raqibimiz birinchi bo'limda kutilmagan ikkita o'zgarishni amalga oshirdi. SHuningdek ikkinchi bo'limda Nagaev maydonga tushdi va uchta hujumchi bilan o'yinni davom ettirishdi. Natijada faollikni oshirdi. Uzun paslar bilan o'ynashdi.

- Jamoa qo'shib olgan legionerlardan ko'nglingiz to'ldimi?

- Bugun asosiy tarkibda Ifeanyi harakat qildi. Hujumchi ortida o'ynadi. Nazarimda yomon ko'rinmadi. Yaxshi taasurot qoldirdi.

- “Barselona” akademiyasida tahsid olgan futbolchi jamoada qoladimi?

- Ha. U “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Keyinchalik Ukrainaga ko'chib kelgan. Butunlay rus tilida muloqot qiladi. Muhimi maktab borligi ko'rinib turibdi. Bizning chempionatimiz bir muncha murakkab. Ko'plab kurashlar ro'y beradi. Uning qolishi yoki ketishi haqida aniq gap ayta olmayman. Vaqt ko'rsatadi. Hozircha jamoamizda. Transferlar oynasigacha barchasi aniq bo'ladi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика