Diego Simeonening o'g'li "Dinamo"ga o'tishni xohlamadi
24 avg 2019 17:53
Yangiliklar


Diego Simeonening o'g'li "Dinamo"ga o'tishni xohlamadi
"Fiorentina" hujumchisi Jovanni Simeone Moskvaning "Dinamo" klubining taklifini rad etdi.
"Forvard yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishni xohlamadi. U o'zini A Seriyada ko'rsatmoqchi", - deyiladi xabarda.
Qayd etish kerakki, Jovanni Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeonening o'g'lidir.
Forvard "Fiorentina" safiga 2017 yildan "Jenoa"dan kelib qo'shilgan.
Simeone o'tgan mavsum 40ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar