Diego Simeone: Umid qilamanki, Grizmann xursand va Atletikoda qoladi
17 may 2018 08:02
Yangiliklar
Diego Simeone: Umid qilamanki, Grizmann xursand va Atletikoda qoladi
Atletiko ustozi Diego Simeone Evropa ligasi finalida Marselga qarshi o'yindan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.
«Yildan yilga bu futbolchilar kuchayib borishmoqda. Biz ikki bor ECHL finalida o'ynagandik. Bugungi g'alaba bizni yanada kuchli bo'lganimizni ko'rsatdi.
Oxirgi 8-10 yil «Atletiko» uchun ajoyib o'tdi. Dastlab biz kerakli futbolchilarni topdik va katta qildik. Men yolg'izlikni his qildim (diskvalifikaciya tufayli Simeone zaxirada o'tira olmadi), juda xafa edim. Ikkinchi taymda ajoyib o'ynadik.
Umid qilamanki, Grizmann xursand va «Atletiko»da qoladi. U ketadmi? Bu savol menga emas futbolchiga. Torresning orzusi amalga oshdi. «Vanda Metropolitano»da yakshanba kuni haqiqiy bayram bo'lishiga ishonchim komil», – deydi Simeone.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar