Diego Simeone: "Men uchun doimo natija birinchi o'rinda"
08 jan 2014 16:01
Yangiliklar


Diego Simeone: "Men uchun doimo natija birinchi o'rinda"
Madridning "Atletiko" klubi ustozi Diego Simeone jamoasining Ispaniya kubogi 1/8 finalida "Valensiya"ga qarshi kechgan o'yinidan qoniqish hosil qildi.
– Men uchun doimo natija birinchi o'rinda bo'lgan. "Valensiya"ni mag'lub etayotgan vaqtda ularda bir necha vaziyat bo'lgandi, ammo darvozabon bizni qutqardi. Futbolchilarim CHempionlar ligasi, Ispaniya kubogi va chempionatda ham bir xil tarzda o'ynashmoqda. Ular doim olg'a intilishmoqda. "Valensiya"ga kelsak bu jamoa chempionatda uchinchi o'rin uchun kurash olib borishi kerak. Bugungi o'yinda raqib juda yaxshi o'ynadi, – deydi Simeone "Football Espana" nashriga.

Fikrlar