Diego Simeone faoliyatidagi 8-sovrinni qo'lga kiritdi
17 may 2018 02:20
Yangiliklar


Diego Simeone faoliyatidagi 8-sovrinni qo'lga kiritdi
Evropa ligasi finalida “Atletiko” “Marsel” ustidan yirik hisobda g'alabaga erishdi.
SHu tariqa “matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone faoliyatidagi 8 sovringa ega chiqdi.Simeone murabbiylik faoliyati davomida Argentina chempionatida g'olib bo'lgan (“Estudiantes”, 2006; “River Pleyt”, 2008).
“Atletiko” bilan esa 6-sovrinni qo'lga kiritdi: La Liga, Ispaniya Kubogi va Superkubokini, ikki bor Evropa ligasini va bir marta UEFA Superkubokini.
Endilikda argentinalik murabbiy sovrinlarni qo'lga kiritish bo'yicha Luis Aragones bilan birga birinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar