Diego Simeone: Atletiko o'z maqsadiga yaqinlashmoqda
24 mar 2014 09:05
Yangiliklar


Diego Simeone: Atletiko o'z maqsadiga yaqinlashmoqda
Atletiko bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionati 29-tur doirasida o'tkazilgan Betisga (2:0) qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Natijadan mamnunman. Birinchi bo'limda unchalik yaxshi o'ynay olmadik. O'yinning ikkinchi yarmida esa yaxshiroq xarakat qilishni boshladik. Sekin-sekin o'yinimiz yaxshilanmoqda va turnir jadvalida xam o'zimiz xohlagan o'rinni egallab turibmiz.
Ushb o'yinda g'alaba qozonish biz uchun judayam muhim edi, – deb aytib o'tdi argentinalik murabbiy.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Atletiko va Real Barselonani bir ochkoga ortda qoldirgan xolda peshqadamlik qilishmoqda.
Fikrlar