Diego Kosta: "Mourinoning tajribasi bizga CHempionlar ligasi va APLni yutishimiz uchun yordam beradi"
14 fev 2015 12:17
Yangiliklar


Diego Kosta: "Mourinoning tajribasi bizga CHempionlar ligasi va APLni yutishimiz uchun yordam beradi"
"CHelsi" hujumchisi Diego Kostaning takidlashicha, londonliklar CHempionlar ligasi va APLda g'olib bo'lmoqchi.
"To'g'risini aytaman: "CHelsi" bilan Premer-liga va CHempionlar ligasida g'olib bo'lmoqchiman. CHempionlar ligasi g'olibligi hayratomus muvaffaqiyat bo'ladi. Bir marta finalgacha borganman, ammo mag'lub bo'lganmiz. Murabbiyimiz bir necha bor CHempionlar ligasi bosh sovriniga ega bo'lganini bilamiz va bu bizga yordam berishi kerak. Oldimizda buyuk jamoalarga qarshi o'yinlar kutib turibdi.
Mourino - jahonning eng yaxshi murabbiylaridan biri. Xar bir murabbiy o'yinni o'zicha ko'radi. Joze esa, juda aqqli va raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini ko'ra oladigan murabbiy. U qanday jamoa tuzishni biladi" - deydi Kosta.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar