Dide Drogba: "Salax yondiryapti!"
06 mar 2015 13:45
Yangiliklar


Dide Drogba: "Salax yondiryapti!"
"CHelsi" hujumchilar Dide Drogba va Eden Azar ijara asosida "Fiorentina"ga berib yuborilgan jamoadoshi Muhamad Salaxning muvaffaqiyatlariga jim qarab tura olishmadi.
Misrlik futbolchi "Yuventus"ga qarshi Italiya Kubogi yarim final birinchi uchrashuvida (2:1) dubl qayd etib, jamoasining g'alabasini taminladi.
Yarim himoyachi "Fiorentina" tarkibida 7ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urib, 1ta golli pas bergan.
"Salax yondiryapti" - deydi Drogba va Azar o'z "tvitter"larida.

Fikrlar