Dida: "Milan" rivojlanish bosqichida, murabbiylar shtabiga vaqt berish kerak"
26 sen 2023 14:41
Yangiliklar
Dida: "Milan" rivojlanish bosqichida, murabbiylar shtabiga vaqt berish kerak"
"Milan" sobiq darvozaboni Nelson Dida jamoaning A Seriya ushbu mavsumidagi natijalari haqida fikr bildirdi.
"Jamoa hali rivojlanish bosqichida. To'g'ri, beshta o'yin o'tkazildi, ammo murabbiylar shtabiga ishlash uchun vaqt berish kerak. Pioli ko'plab xaridlarni amalga oshirdi va ularning har biri qanday poziciyalarni egallashi mumkinligini tushunish uchun vaqt talab qilinadi. Qolaversa, Italiyada ilgari o'ynamagan futbolchilar ham bor, ular hali A Seriyada o'ynash nimani anglatishini bilishmaydi", – dedi Dida.
"Milan" A Seriyaning joriy mavsumida 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etib, "Inter"ga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoa 12 ochko bilan Italiya chempionati musobaqa jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Inter" esa 1-o'rinda (15 ochko).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar