Dibala "Yuventus"da 10 million evro maosh olmoqchi
14 avg 2021 14:07
Yangiliklar
Dibala "Yuventus"da 10 million evro maosh olmoqchi
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala Turin klubida yangi shartnoma bo'yicha 10 million evro ishlamoqchi.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, futbolchining agenti bugun jamoa rahbariyatini talab qilingan pulni to'lashga ko'ndirmoqchi. "Yuventus" Dibalanini maoshini oshirishga tayyor.
27 yoshli forvard "Yuventus"da 2015 yilning yozidan beri o'ynaydi. Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
Dibala o'tgan mavsum Turin jamoasi tarkibida 26ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar