Dibala yozda "Yuventus"ni tark etishi mumkin
25 mar 2021 01:43
Yangiliklar
Dibala yozda "Yuventus"ni tark etishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin, deb xabar berdi "Football Italia".
Manbaga ko'ra, "keksa sinora" rahbariyati mavsum boshida shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan 27 yoshli argentinalik futbolchining kelishuv shartlarini yaxshilamoqchi emas. O'tgan yozda klub futbolchiga bonuslarni hisobga olgan holda yiliga 10 million evro maosh taklif qilgandi.
Argentinalikning amaldagi shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi, shu sababli Dibala shartnomani yozgacha uzaytirmasa, klub uni erkin agent sifatida qo'yib yubormaslik ilinjida kelgusi transfer oynasida sotishni rejaga kiritadi.
Dibala joriy mavsumda 16 ta uchrashuv o'tkazib, shulardan 3 tasida gol urgan va 2 ta golli uzatma bergan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar