So’nggi yangiliklar

20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  0 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  15 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  1 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  50 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  35 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8

Dibala qishda "Yuve"dan ketadi. Pauloga Ispaniya va Angliyadan chorlovlar tushmoqda Yangiliklar

Dibala qishda "Yuve"dan ketadi. Pauloga Ispaniya va Angliyadan chorlovlar tushmoqda

Paulo Dibalaning sobiq jamoasi "Palermo" xo'jayini Mauricio Dzamparini Allegrini keskin tanqid qildi.


"Dibalani zaxira o'rindig'ida o'tirganini ko'rsam yig'lagim keladi. Paulo Allegri tufayli zaxirada qolmoqda. Massimiliano Allegri "Palermo"ga kelib skudettoni yutishi kerak. "Yuventus"ni boshqarib fenomen bo'lish oson. Zo'r bo'lsa "Palermo"ni chempion qilsin! Bundan ikki yil avval men Dibalaga futbol o'ynash uchun Ispaniyaga yo'l olishini tavsiya qilib xabarnoma yuborgandim. Italiyadan qolgandan mano yo'q, futbol o'ynash uchun Ispaniyaga yo'l olish Dibala uchun maqul variant. Dibala qishda ketadi. CHunki "Yuventus" Dibalani olib o'tirgandan ko'ra 120 million evroni qo'lga kiritishni istamoqda. O'ylashimcha, Paulo qishda Ispaniyaga ketadi. Unga Angliya va Ispaniyadan takliflar mavjud. "Yuventus" tarkibida chempionlar ko'p, ularni hammasini o'ynashi esa juda qiyin. Dibaladek fenomen futbolchi o'ynamasdan zaxirada qolayotganini ko'rish azob", - deydi Mauricio Dzamparini.

Eslatib o'tamiz, Dibala "Yuventus"ga qadar aynan "Palermo"da o'ynagan va klub xo'jayini Dzamparini bilan juda yaxshi aloqada.

Paulo Dibalaga "Real" tomonidan jiddiy qiziqish bo'layotgani transfer oynasining so'nggi kunlarida juda ko'p bor yozilgandi. Ammo yakunda ushbu transfer amalga oshmadi.

Qishda ochiladigan transfer oynasida Dibala "Yuventus"dan ketishi taxmin qilinmoqda. Davogarlar qatorida "Real" va Angliyaning boshqa jamoalari ham bor.

SHuni qayd etish kerakki, bu yildan etiboran ECHLda qaydnomaga kiritilgan va o'ynagan futbolchi qishdagi transfer oynasi paytida boshqa jamoa o'tsa, unda ECHL pley-off uchrashuvlarini yangi jamoasi safida davom ettirishiga ruxsat beriladi. Avvallari ECHL guruh bosqichida boshqa jamoada o'ynagan futbolchi qishki transferdan so'ng yangi klubi tarkibida ECHLda qaydnomaga kiritilmasdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика