Dibala MYUga kelmagani uchun Lukaku “Yuventus”ga o'tmagan
22 mar 2020 22:05
Yangiliklar


Dibala MYUga kelmagani uchun Lukaku “Yuventus”ga o'tmagan
“Inter” forvardi Romelu Lukakuning agenti Federiko Pastorello mijozining nega “Yuventus”ga transfer bo'lmaganini oshkor qildi.
"Lukaku “Inter” libosini kiyib yurganining asl sababi, Paulo Dibalaning “Manchester Yunayted”ga o'tmaganidan bo'ldi. Lukaku doim APLni tark etishni va uni yaxshi ko'radigan jamoada o'ynashni xohlardi. Unga “Yuventus”dan ko'ra, “Inter” ishqibozlarining iliq munosabatini his qildi.
Lukakuning “Yuventus”ga o'tishi ko'pchilikni mamnun qilgan bo'lardi, ammo “Inter” uchun ushbu transfer burilish nuqtasi bo'lishi va g'alabali davrni boshlashi kerak edi.
Romelu “Inter” unga ehtiyoj sezayotganini his etdi. Konte esa futbolchini qo'lga kiritish uchun klubga katta bosim o'tkazgandi”, deya qyad etgan belgiyalikning agenti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar