So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  11 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  6 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Dibala Mourino bilan til topisha oladimi yoki bu transfer uning faoliyatini barbod qiladimi? Yangiliklar

Dibala Mourino bilan til topisha oladimi yoki bu transfer uning faoliyatini barbod qiladimi?

Paulo Mourino qo'l ostidagi jamoada o'ynab keta oldimi?

Joriy yozgi transferlar oynasi hozircha shov-shuvli shartnomalarga boy bo'lmoqda — Pol Pogba "Yuventus"ga ketdi, "Bavariya" Matiys de Ligtni xarid qildi, Erling Xoland "Manchester Siti" tomon yo'l oldi. Bir necha kun avval esa yana bir xabar tarqaldi: "Paulo Dibala "Yuventus" bilan xayrlashdi va "Roma" bilan shartnoma imzoladi.

Yangi jamoada uni yangi vazifalar, yangi rol va rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino (!) kutib turibdi.


Dibala — top-futbolchi. Biroq iqtidorini malum poziciyalarda ko'rsata oldi

Agar Mourino transferdan maksimal foyda olishni istasa, Dibalani maydonga joylashtirish borasida yaxshilab o'ylab ko'rishi lozim. Sababi futbolchining "Yuventus"dagi faoliyati orqali u malum poziciyalardagina chinakamiga yaxshi o'ynay olishi yuzaga chiqdi. Argentinalik "keksa sinora"ga kelganidan so'ng, asta-sekin markaziy hujumchi poziciyasidan "o'nlik" ampluasiga o'tdi. Turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri shunday qarorga kelgandi. Bu Paulo faoliyatidagi to'g'ri tanlov edi — u yangi rolida yorqin namoyon bo'ldi. Italiya A Seriya 2017/18 yilgi mavsumining 33 uchrashuvida 22ta gol urdi va 5ta golli pas berdi. Keyinroq forvardni o'ng qanotda o'ynatib ko'rmoqchi bo'lishdi, biroq ushbu poziciyada Dibalada muammolar yuzaga kela boshladi.

Rimda esa hujum markazidagi joy argentinalikka osonlikcha berib qo'yilmaydi — Temmi Abraxam ushbu poziciyada yaxshi o'ynay oldi. SHuning uchun, inglizni o'z joyida qoldirish jamoa uchun yaxshiroq. 4-2-3-1 sxemasiga o'tish mantiqan to'g'ri bo'ladi — Paulo uchun muvaffaqiyatli bo'lgan mavsumda "Yuventus" shu taktika bo'yicha harakatlangan edi. Rimliklar ham o'tgan mavsum boshi va o'rtalarida shunday o'ynashgandi. SHu joylashuv sabab Genrix Mxitaryan va Lorenco Pelligrini hujumdagi o'yin vaqtini bo'lishishgan. Agar arman ketganini hisobga olsak, Dibalaning kelishi mutlaq to'g'ri qaror — u hujumga o'zgaruvchanlik qo'shadi.

Lekin bir narsani etiborga olish kerak: Allegri boshchiligidagi "Yuventus" Mourinoning "Roma"siga qaraganda ancha tashabbuskor edi. Portugaliyalik faoliyatini "ikkinchi raqam" ostida qurdi, endi esa to'p uchun kurashda chuqurroqdan o'rin oladi. Paulo endi himoyaviy harakatlarda ham ishtirok etishi talab etiladi. Demak to'pni raqib maydonidan uzoqroqda qabul qilishiga to'g'ri keladi. Muammoning ehtimoliy echimi Abraxam-Dibala hujumchilar juftligiga o'tish bo'lishi mumkin.


Mourino har doim xarakter talab qilgan — u Dibalani ruhan "ezishi" mumkin

Joze o'zining "olovli" intervyulari bilan mashhur — ularda portugaliyalik qo'l ostidagi o'yinchilarga qanday talablar qo'yishi aniq sezilgan.

2022 yil yanvarda u shunday degan: "Bu jamoani kuchaytirish uchun menga uch yil vaqt berildi, ammo bu borada menga klub yordami zarur. Maydonda biror narsa sodir bo'lganda, jamoada etakchilik sifatlari ko'rinmaydi. Kuchli xarakterga ega odam yo'q. Biz 6-7 o'rindan qoniqib yuradigan "komfort zonasi"dan chiqishimiz shart. Agar psixologik jihatdan gapiradigan bo'lsak, yigitlarga men ularning yo'nalishi tomon emas, balki ular menga qarab intilishlari kerakligini uqtirdim".

Argentinalik forvard esa buning aksi! Sababi, unga qarab yondashish lozim —  o'yin modeli unga qarab tuziladi va u uchun optimal poziciya tanlanadi. Ronaldu "Yuventus"ga kelgandan so'ng, Pauloning sermahsulligi pasaygani ham shundan dalolat beradi. Allegri portugaliyalik forvard uchun darhol yangi sxema tuzdi, argentinalikni esa o'ng qanotda o'ynata boshladi. Lekin u erda Dibalaning o'yini o'xshamadi va yo'qolib qola boshladi. Avvalgi holatiga to'liq qaytishning esa iloji bo'lmadi.

Joze esa matbuot anjumani vaqtida jamoasini er bilan bitta qilishi mumkin — bu jamoaning ichki muhitiga salbiy tasir qiladi. Vaziyat mutaxassisning "Manchester Yunayted"da Pogba bilan munosabatini esga soladi: francuz ham kayfiyatiga qarab o'ynaydigan futbolchi hisoblanadi, ammo Dibalaga qaraganda takabbur va erinchoqroq. Biroq o'xshash jihatlar Mourino Pauloni shunchaki "eb tashalashi" mumkinligiga shama qilmoqda. SHunday bo'lgan taqdirda, u Rimni tark etadi va futbolchilik faoliyatidagi bir necha yilni yo'qotadi.


Qishgacha Joze ish joyidan ayrilib qolishi mumkin — jadvalning o'rta qismi yoki undan pastrog'ida bo'lish omadsizlik sifatida qabul qilinadi

A Seriyaning oxirgi mavsumida "Roma"ga barqarorlik etishmadi — portugaliyalikning hammamiz o'rgangan qarshi hujumdagi "tuzoqlari"siz, shunchaki oddiy "avtobus" sifatida. Natijada jamoa evrokuboklarda ishtirok etadigan ettilikdan joy oldi — oltinchi o'rin, 38 o'yinda 63 ochko. Salbiy taassurotlarni Konferenciyalar Ligasidagi muvaffaqiyat biroz yuvib ketdi. Biroq fakt faktligicha qoldi — yangi mavsumda o'sish ko'zga tashlanmasa Italiya klubi Mourino bilan xayrlashishiga to'g'ri keladi.

Buni Dibalaning transferi ham isbotlaydi. Rahbariyat argentinalikdek tayyor, sifatli futbolchini tarkib qo'shib olib ham natija bo'lmasligini tushunmasligi aniq. Paulodan tashqari, jamoaga Mourinoning eski tanishlaridan biri Nemanya Matich va Zeki CHelik kelib qo'shildi. Bo'lajak mavsumga CHempionlar Ligasi yo'llanmasi qo'lga kiritilishi muvaffaqiyatli ko'rsatkich deb qabul qilinsa ajab emas. O'tgan yili 7 ochko etmay qolgan edi.

Jozening o'zi bo'lajak mavsum rejalari haqida shunday dedi: "CHempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishga urinib ko'ramiz, ammo siz "Inter", "Milan" va "Yuventus"ning transfer bozoridagi faolligini ko'rarkansiz, 4tadan 3ta o'rin bandligini qabul qilishga majbur bo'lasiz. To'rtinchi o'rin bor — o'tgan yili bu "Atalanta" bo'ldi, bu yili "Napoli". Keyingisi biz bo'la olamizmi? O'ylashimcha, bunga kuchimiz etadi. Bu keyingi maqsad".

Italiya chempionati yangi mavsumidagi birinchi uchrashuvda rimliklar 14 avgust kuni "Salernitana"ga qarshi o'ynaydi. Pauloga maydonda qanday joy topilishiga dastlabki javoblarni o'sha erda ko'rishimiz mumkin. Biroq hozir savollar etarlicha: futbolchi maydonni yaxshi ko'radi, uzoq masofadan zarba va oxirgi uzatmani bera oladi, lekin mentalitet bo'yicha Jozega mos tushmaydi. Eng yomon scenariyda Dibala uchun bu faoliyatidagi eng omadsiz qadamlardan biriga aylanadi. U shundoq ham "Yuventus"ga Krishtianu kelgach, amalga oshirilgan o'zgarishlarni hazm qilishi qiyin bo'lgandi. Rahbariyatning xotirjamligini inobatga olsak, Mourinoning istefosini kutishga asos yo'q. SHu sababli, Paulo uchun eng maqul yo'l "Roma"ga tezroq ko'nikish va eng yaxshi versiyasini ko'rsatish.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика