Diamanti "Guanchjou Evergrand" bilan kelishuvga erishdi
23 jan 2014 23:00
Yangiliklar


Diamanti "Guanchjou Evergrand" bilan kelishuvga erishdi
"Bolonya" hujumchisi Alessandro Diamanti Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubiga o'tishga juda yaqin turibdi.
Italiya matbuotining xabariga ko'ra futbolchi Xitoy klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Diamanti klub bilan 4 yillik shartnoma tuzadi. Unga ko'ra italiyalik hujumchi shu muddat mobaynida jami 20 million evro maosh oladi.
"Bolonya" bu transfer uchun dastlab 6,3 million evro va keyinroq yana 3 million oladi.
"Bolonya" bu transfer uchun dastlab 6,3 million evro va keyinroq yana 3 million oladi.

Fikrlar