Di Natale: Tottining “Roma” bazasiga ham kirmayotganligi - klub uchun katta sharmandalik
06 may 2020 07:05
Yangiliklar


Di Natale: Tottining “Roma” bazasiga ham kirmayotganligi - klub uchun katta sharmandalik
Antonio di Natale “Roma” va Totti o'rtasidagi munosabat haqida gapirdi.
“Men Tottining “Roma” bazasiga ham kirmayotganligini bilaman. U o'g'lini mashg'ulotlarga olib kelgan vaqtda ham bazaga kirayotgani yo'q. O'g'li chiqayotganda uni darvoza ortida kutib turadi. Bu klub uchun juda katta sharmandalik. Aslida Tottiga “Roma” klub bazasi to'g'risida haykal qo'yishi kerak. Klub afsonasini qanday qilib shunday holatga keltirib qo'ѣish mumkinligini tushunmayapman”, — deydi Antonio di Natale.
Malumot uchun, Franchesko Totti futbolchilik faoliyatiga yakun yasagandan so'ng, “Roma” direktori lavozimini egallagandi. Biroq u klub prezidenti Jeyms Palotta bilan kelisha olmadi. SHundan so'ng klubdan ketdi va Palotta boshqaruvni tark etmagunicha “Roma”ga qaytmasligini elon qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar