Di Mariya: "Faoliyatimdagi eng yaxshi davrni o'tkazishimga "Manchester Yunayted" klubida imkon berishmagan"
16 jan 2019 16:56
Yangiliklar
Di Mariya: "Faoliyatimdagi eng yaxshi davrni o'tkazishimga "Manchester Yunayted" klubida imkon berishmagan"
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya MYUda o'tkazgan davrni esga oldi.
"Men mankunianliklar bilan 1 yil to'p tepdim. Faoliyatimdagi eng yaxshi davr edi, deb ayta olmayman. Aniqroq gapiradigan bo'lsam, ular menga faoliyatimdagi eng yaxshi davrni o'tkazish uchun imkon berishmagan. O'sha paytda Van Gal bilan kelishmovchiliklar, qiyinchiliklar yuzaga kelgan edi. Baxtimga, PSJga o'tishimga qarshilik ko'rsatishmadi. U erda men aslida qanday futbolchiligimni ko'rsatib qo'ydim", — deya Di Mariyaning so'zlarini keltiradi France Bleu nashri.
Di Mariya 2014 yili yozda "Real"dan MYUga 75 million evro evaziga o'tgan edi. Bir yil o'tib, argentinalik PSJ klubiga borib qo'shildi. Transfer narxi 63 million evroni tashkil etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar