Di Mariya Argentinaga qaytishi mumkin
23 apr 2020 00:59
Yangiliklar
Di Mariya Argentinaga qaytishi mumkin
Bu haqda Argentinaning "Rosario Sentral" klubi vice-prezidenti Rikardo Karloni malum qildi.
"Biz Anxel va uning rafiqasi bilan bog'landik. Ular bizning eshiklarimiz har doim ochiqligini bilishadi. 2021 yilda Di Mariya faoliyatini boshlagan klubiga qaytishini istaymiz", — dedi Karloni "L`Equipe" nashriga.
Malumot uchun, Di Mariya katta futbolda "Rosario Sentral" klubi safida debyut qilgan (2005 yil). U 2015 yildan beri PSJ sharafini himoya qilib keladi.

Di Mariya joriy mavsum 37 uchrashuvda maydonga tushdi va 11 gol, 21ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 32 yoshli xavbekning francuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar