Devid Moyes: "Everton" o'z vaqtida Remzini sotib olishga juda yaqin kelgandi"
09 noy 2013 16:20
Yangiliklar

Devid Moyes: "Everton" o'z vaqtida Remzini sotib olishga juda yaqin kelgandi"
"Manchester Yunayted" ustozi Devid Moyes "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldin Aaron Remzi o'z vaqtida "Everton"ga ko'chib o'tishga yaqin bo'lgani haqida gapirib berdi.
"Men "Everton"da ishlaganimda Remzini sotib olishga juda yaqin kelgandik. Hatto u bilan uchrashgandik ham. Ammo "Arsenal" uni o'ziniki qila oldi.
Endi Remzi juda yaxshi o'ynamoqda. U hozir "Arsenal"ning muhim o'yinchilaridan biri, o'z gollari bilan jamoaga katta yordam bermoqda", – deydi Moyes.
2008 yil "Kardiff" "Everton" va "Manchester Yunayted"ning 5 million funtlik taklifini qabul qilgandi, ammo Remzi "Arsenal"ni tanlagandi.

Fikrlar