Devid Bekxem Nevillni ishdan bo'shatdi
02 iyu 2023 14:21
Yangiliklar


Devid Bekxem Nevillni ishdan bo'shatdi
Kecha Fill istefoga chiqarildi. Klub egasi Devid Bekxem bunday qaror qabul qilinishi sabablarini tushuntirib, izoh berdi.
"Biz Filni ishga taklif qilayotganimizda, u "Inter Mayami"ga borini berishini bilardik. U naqadar katta ishtiyoq bilan va biz klub oldiga qo'ygan ambiciyalarga mos ravishda ishlaganini shahsan ko'rganman.
U va oilasiga Mayami juda yoqib qoldi. Fil klub, shahar va muxlislarga nimadir berish uchun astoydil mehnat qildi.
Fil o'zining etakchilik qobiliyati va murabbiylik salohiyati bilan klubimiz madaniyatiga ulkan hissa qo'sha oldi.
Bu o'yinda bazan juda og'ir qarorlarni qabul qilish talab etiladi va nazarimizda, nimanidir o'zgartirish vaqti etdi. Men shahsan Filga klubga bo'lgan mehri, bor kuch-g'ayrati bilan mehnat qilgani va inson sifatida haqgo'yligi uchun rahmat deb qolaman".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar