So’nggi yangiliklar

16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  1 15:38Роналду – энг яхши!  8 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  9 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  28 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  4 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  4

Development Cup–2017. O'zbekiston o'smirlar termasi Armanistonni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Development Cup–2017. O'zbekiston o'smirlar termasi Armanistonni mag'lubiyatga uchratdi

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Armaniston poytaxti Erevan shahrida davom etayotgan Development Cup xalqaro turnirida muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda.

O'zbekiston o'smirlar termasi kecha, 20 aprel kuni Armaniston U-15 futbolchilariga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona golga Ruslan Ro'ziev mualliflik qildi. Parallel ravishda bo'lib o'tgan o'yinda Makedoniya va Kipr o'smirlari 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Eslatib o'tamiz, Makedoniya o'smirlariga qarshi bellashuvda Dilshod Nuraliev shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchdi.

Bo'lib o'tgan ikki turdan keyin O'zbekiston U-15 termasi 6 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. Kipr 4 ochko bilan ikkinchi, Makedoniya 1 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Mezbon Armaniston o'smirlar termasi hisobida ochko yo'q.

Estaga, 22 aprel kuni musobaqaning so'nggi o'yinlari bo'lib o'tadi. O'zbekistonlik futbolchilar Kipr bilan, armanistonlik futbolchilar esa Makedoniya bilan bahs olib boradi. 

Mazkur musobaqa O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика