Deulofeuning transfer narxi 35 million evro etib belgilab qo'yilgan
11 dek 2013 11:31
Yangiliklar


Deulofeuning transfer narxi 35 million evro etib belgilab qo'yilgan
“Everton”da ijara asosida o'yinab kelayotgan “Barselona” klubi yarim himoyachisi Jerar Deulofeu, klubni 35 million evro evazigagina tark etishi mumkin.
Bunday narx 19 yoshli Ispaniya yoshlari terma jamoasi futbolchisining kataloniyaliklar bilan ushbu yilning mayida tuzgan yangi shartnomasida belgilab qo'yilgan, deb xabar beradi El Mundo Deportivo.
SHartnoma shartlariga ko'ra Deulofeu, 2017 yilning 30 iyuniga qadar “Barselona” futbolchisi bo'lib qoladi.
SHu sababli uni sotib olishni xohlagan klub, futbolchi uchun uning shartnomasida belgilangan 35 million evroni berishiga to'g'ri keladi.
Takidlanishicha shu kabi shartnomalar yana Serxi Samper, Sandro Ramires, Jan-Mari Dongu va Frank Maki Banyak bilan ham imzolanishi mumkin.

Fikrlar