Desham: “Grizmanndan xavotirda emasman”
13 iyu 2020 08:55
Yangiliklar
Desham: “Grizmanndan xavotirda emasman”
Franciya terma jamoasi ustozi Dide Desham Antuan Grizmanning “Barselona”dagi hozirgi holatidan xavotirda emasligini bildirdi.
“Grizmanning hozirgi holati meni tashvishga solayotgani yo'q. Uning imkoniyatlariga shubha bilan qaramayman. Ular muhokama qilinmaydi. Barcha o'yinchilarda ham qiyin davrlar bo'ladi. U buni engib o'tishga qodir”, — deydi Desham.
Malumot uchun, Grizmann La Liganing so'nggi 12 ta o'yinida atigi 1 ta gol urdi. U 2019/20 yilgi mavsum “Barselona” safida 46 ta o'yinda qatnashib, 15 ta gol urishning uddasidan chiqdi. Antuanning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar amalda bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar