Derbidan oldin "Barselona"da yo'qotish bor
30 dek 2019 19:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/536846_original.jpg)
![](/upload/storage/536846_220.jpg)
Derbidan oldin "Barselona"da yo'qotish bor
"Barselona" matbuot xizmati LaLiganing 19-turi doirasida "Espanol"ga qarshi o'yindan oldin jamoada yo'qotishlar borligini malum qildi.
Darvozabon Mark-Andre ter SHtegen jarohati sababli ushbu bahsni o'tkazib yuboradi. Uning safga qaytishi tiklanish jarayonining tezligiga qarab aytish mumkin. SHunda ham u taxminan 3 hafta davomida maydondan tashqarida bo'ladi.
SHuningdek, kichik jarohati bor darvozabon Neto rahbariyatdan 2 yanvarga qadar javob so'ragandi, biroq shunday bo'lsa-da, u bugun jamoa qarorgohiga etib keldi. Posbon kutilganidan erta tuzaldi.
"Espanol"ga qarshi o'yin 4 yanvar kuni soat 01:00da start oladi. 9 yanvar kuni "Barselona"ni Ispaniya Superkubogi doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yin kutib turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar