Depay "Barselona"da qolmoqchi
11 fev 2022 22:54
Yangiliklar
Depay "Barselona"da qolmoqchi
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay Kataloniya klubidagi kelajagiga ishonadi va shu bois boshqa jamoalardan kelgan takliflarni rad etdi.
Xususan, niderlandiyalik futbolchiga "Napoli" qiziqish bildirgandi.
Depayning so'zlariga ko'ra, yanvar oyida u klubni tark etish imkoniyatiga ega bo'lgan, biroq u bir necha oydan beri o'ynab kelayotgan jamoasida qolishni tanlagan. Memfis aynan "Barselona"da muvaffaqiyatga erishishiga ishonadi. U yozda ushbu qarorini yana o'ylab ko'radi.
Eslatib o'tamiz, Depay "Barsa" tarkibiga kelgunga qadar "Lion"da to'rt yil o'ynagandi, undan avval esa PSV va "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar