Depay "Barselona"da kelishilgandan ko'ra 30% kamroq maosh oladi
09 iyu 2021 01:59
Yangiliklar
Depay "Barselona"da kelishilgandan ko'ra 30% kamroq maosh oladi
"Barselona" hujumchisi Memfis Depayning yangi klubidagi maoshi 30% ga qisqardi.
Goal.com nashrining bildirishicha, 27 yoshli hujumchi "Barselona"da dastlabki kelishuvdan anchagina kam maosh oladi. Bu qaror "Barselona"ning moliyaviy qiyinchiliklari fonida yuz berdi.
Depayning dastlabki maoshi 7 mln evro va bonuslardan iborat edi. "Barselona" esa moliyaviy qiyinchilik tufayli hujumchiga faqatgina 5 mln evro miqdorida maosh to'lay oladi.
Depay ushbu qarorni klub uchun yordam sifatida qabul qilgan. Malumotlarga qaraganda, yaqindagina klubga kelib qo'shilgan Erik Garsiya ham maoshi qisqarishiga rozi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" Depayning transferini 19 iyun kuni elon qilgandi.
Fikrlar