Denis Suares: “U mashg'ulotlarda ham doim g'alaba qozonishni xohlaydi”
12 may 2020 20:05
Yangiliklar


Denis Suares: “U mashg'ulotlarda ham doim g'alaba qozonishni xohlaydi”
“Barselona” sobiq azosi va hozirda “Selta”da o'ynayotgan ispaniyalik xavbek Lionel Messi va Andres Inesta bilan o'tkazgan davrini esga oldi.
“Agar “Manchester Siti”da qolganimda, muntazam asosiy tarkibda o'ynagan bo'lardim, lekin “Barselona”ga o'tishga qaror qildim, bundan afsuslanmayman, maydonda etarlicha vaqt o'tkazdim. Eng muhimi esa Inesta va Messi bilan mashg'ulot o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ldim, bu aqlbovar qilmaydi. Inesta – undan o'rnak olaman, Messi – eng yaxshi futbolchi. Ulardan nimanidir o'rganishni juda istardim. Messi mashg'ulotlarda o'zini xuddi o'yindagi kabi tutadi. U yutqazishni xushlamaydi, har bir mashg'ulotda g'alaba qozonishni xohlaydi”, deydi Suares.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar