So’nggi yangiliklar

07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  5 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  12 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  10 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  20 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  8 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0 19:39Рамос: "Беш йилдан кейин Мбаппе 4-5 та "Олтин тўп"га эга бўлади"  14

Denis Korostichenko: "SHo'rtan" bugun faqatgina tempni tushirishga harakat qildi. Adolatli gol urdik" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "SHo'rtan" bugun faqatgina tempni tushirishga harakat qildi. Adolatli gol urdik"

Pro-liganing 19-turida "SHo'rtan" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirdi.

- Barchaga hayrli kech. Avvalo "Lokomotiv"ning barcha muxlislarini, klubdagilarni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun yigitlar g'alaba uchun qo'lidan kelgancha maksimal ravishda harakat qilishdi. O'z maydonimizda uch ochko olishimiz shart edi. Barcha futbolchilarni maqtashim kerak. Hamma harakat qildi. Muxlislarga ham rahmat aytaman. Ko'p bo'lmasa-da, bizni qo'llab turishdi. O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, butun o'yin davomida tashabbusni ushlab turdik, nazorat qildik. Bugun raqib bizga kam harakatli futbol taklif qildi. Ko'rganingizdek, o'yin tempi doim tushirib turildi. Ammo "SHo'rtan" bizga qarshi bunday o'yin ko'rsatgan birinchi jamoa emas. Bunga qadar shunday o'yin ko'rsatgan raqiblar bo'ldi. Men buni futbol deb atamagan bo'lardim. Bu mening fikrim. Har bir murabbiyning o'z fikri bo'ladi. O'yin davomida nazoratni ushlab turdik. Birinchi bo'limda ham gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda baribir muvaffaqiyatga erishdik. Barchasi adolatli bo'ldi deb o'ylayman.

- Bir paytlar Joze Mourinyu "Manchester Yunayted"da ishlab yurganida jamoasi antifutbol namoyish qilardi, bu esa ayrim muxlislarga yoqmasdan, antifutbol o'yin deb hisoblashardi. "SHo'rtan"ning bugungi o'yinini antifutbol desa bo'ladimi?

- Agarda ikkala jamoa shunday o'ynasa, antifutbol bo'lishi mumkin. Bir jamoa hujum qilishni istasa, bu antifutbol emas. Raqiblar nimani istayotganini bilish kerak - ochko olishmi, g'alaba qozonishmi. Bugun "SHo'rtan" shunchaki bizdan ochko olishni istagani sezildi. Ularning aynan g'alaba yoki durang uchun maydonga tushgan deb aytishim qiyin. Fikrimcha, istalgan jamoa futbol o'ynashga harakat qilishi kerak. Taktikani tanlash, albatta, o'zlarining ishlari. Bilmadim, buni antifutbol deb bo'lmaydi. Biz qo'ldan kelgancha harakat qildik, raqib esa imkoni boricha himoyalandi.

- Keyingi turda "Qo'qon-1912" - "Dinamo" bahsida qaysi jamoaning g'alaba qozonishini istaysiz?

- Keyingi turda "Mashal" - "Lokomotiv" bahsida "Lokomotiv"ning g'alaba qozonishini istayman. "Qo'qon-1912" va "Dinamo" o'yinidagi natija esa ularning muammolari. Biz ularga qarab qolmaymiz va o'z o'yinimizga ahamiyat beramiz. SHuningdek, biz ushbu mavsumda nima qilishimiz kerak bo'lsa, o'shanga tezroq erishishni istaymiz.

- Tarkibdagi aynan biror futbolchini maqtab o'ta olasizmi?

- Barchani takidlayman. Bugun barcha futbolchi qo'lidan kelgancha harakat qildi. Maratga gap yo'q, tushdi va o'z tajribasi bilan jamoaga yordam berdi. 37 yoshida ham nimalarnidir isbotlashga harakat qilyapti. Zaxiradan tushgan futbolchilar ham o'yinni kuchaytirishdi, anchagina temp qo'shishdi. Hech kimni alohida ajratmayman. Barcha super bo'ldi.

- Ushbu mavsumda "Dinamo" va "Mashal"ga qarshi o'yin ham 0:0 hisobida yakunlangandi. SHunday raqiblarga qarshi o'yinlarda himoyani yorib o'tishga nimalar halaqit qilmoqda?

- Bu o'yinlar bir-biridan farq qiladi. O'sha o'yinlarda biz o'z vaziyatlarimizdan foydalana olmagandik. Vaziyatlar yaratgandik, biroq bazida so'nggi paslar etishmagandi. Bugun esa temp ham yaxshi bo'ldi, ko'p harakat qildik, yaxshi ochildik, hujum chizig'i ham faol harakat qildi. Raqiblar bugun bizga o'z himoyasida va tempni tushirishda juda katta muammolar tug'dirdi. Biz tezlik olayotganda ular to'xtashdi. SHu sababli yigitlarim boshqatdan, boshqatdan va yana boshqatdan temp olishga harakat qildi. Birinchi bo'lim shu boisdan 5 daqiqada o'tib ketgandek bo'ldi. Amalda deyarli hech nima ko'rmadik, faqatgina to'xtalishlar... O'sha o'yinlarda esa bizda yaxshi temp bo'lgandi, lekin yakunda adashgandik. Bugun esa yaxshiroq o'ynadik va shu sababli gol ham urdik.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика