So’nggi yangiliklar

22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6

Denis Korostichenko: "Samarqandliklar o'z vaziyatlaridan foydalanishdi, biz esa yo'q" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Samarqandliklar o'z vaziyatlaridan foydalanishdi, biz esa yo'q"

"Dinamo" hamda "Lokomotiv" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-tur o'yinidan (3:1) so'ng mehmon jamoa ustozi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Denis Korostichenko: "Birinchi navbatda "Dinamo"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qiziq o'tdi, vaziyatlar bo'ldi. Samarqandliklar o'z vaziyatlaridan foydalanishdi, biz esa yo'q. SHunga qaramay bahs o'yin sifati bo'yicha yomon o'tmadi. Burchak zarbasidan urilgan gol yigitlarni biroz "muzlatib" qo'ydi. Keyin bitta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldik".

- Jamoa keyingi bosqichga chiqib bo'lgani uchun Oleg Zoteev maydonga tushmadimi?

- Olegda "Yunired" bilan bahsdan so'ng jarohat bor edi. 3 kun davolandi, murabbiylar shtabi maslahatlashib, tavakkal qilmaslikka qaror qildik. Jumaboev bilan vaziyat ham shunday.

- "Dinamo" va "Lokomotiv" futbolchilarida charchoq sezildi. Bu issiq bilan bog'liqmi?

 - Issiq ham tasir qilgandir. "Dinamo" kabi barcha o'yinlarda bor kuchimizni ishga solib, maksimal ochko to'plashga harakat qilayotganimiz yigitlarni biroz xoldan toydirgandir.

- O'zbekiston Kubogi keyingi bosqichida "Lokomotiv" raqibi qaysi jamoa bo'lishini xohlayapsiz?

- Aniq bir klub bilan bilan tushish haqida o'ylayotganim yo'q.

- Jamoa oldiga kubokda aniq vazifa qo'yiganmi?

- Ha. Kubokda finalga chiqishni xohlaymiz. Biz "Lokomotiv"miz. Doimo yuqorida bo'lishni xohlaymiz. Hozir Pro ligada bo'lishimiz mumkin, ammo Superliga darajasidagi jamoalarga qarshi to'p tepishni istaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика