So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  12 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  4 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  40 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Denis Korostichenko: "Raqiblarning bunday sharoitda kelgani o'yinga tasirini o'tkazdi" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Raqiblarning bunday sharoitda kelgani o'yinga tasirini o'tkazdi"

Pro-liganing 7-turi doirasida "G'ijduvon" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirdi.

- Ilk navbatda barchani g'alaba bilan tabriklayman. Barcha futbolchilar bugun yaxshi o'ynashdi. Birinchi bo'limda himoyadan chiqishda ishlar biroz o'xshamadi. SHunday bo'lsa-da, golni himoyadan chiqqan holda urdik. Ikkinchi bo'limda esa ishlarni bajarish yaxshiroq bo'ldi. Tezkor yurishlardan so'ng bir qancha yaxshi vaziyatlar ham yuzaga keldi. Yanada ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Bu natija va gollar klub uchun ham, muxlislar uchun ham yoqimli bo'ldi.

- Birinchi bo'limda uzun paslar bilan ko'p o'ynadi, biroq ko'p braklar bo'ldi. Erdan paslar o'ynash boshlanganidan keyin vaziyatlar ham ko'paydi va hujumni yakunlash ham osonlashdi.

- Asosan erdan paslar o'ynashni istaymiz. Mashg'ulotlarda ham bu borada ko'p mehnat qilamiz. Bizning asosiy yo'nalishimiz - erdan kichik va o'rta paslar o'ynash. Biroq ligada har xil uslubda himoyalanadigan jamoalar bor. O'yinlarga doimo ikkinchi variant bilan maydonga tushamiz. Ha, agarda raqibning qaysidir hududi ochiq bo'lsa, uzun pas orqali hujumga chiqish mumkin. Aytganingizdek, birinchi bo'limda ishlar unchalik o'xshamadi. Ikkinchi bo'limda esa kichik va o'rta paslar orqali o'yinni nazorat qildik. Yaxshi vaziyatlarimiz ham ko'proq yuzaga keldi. Raqiblar bahsga qanday himoyaviy o'yin bilan kelishini bilmaymiz, balki, chuqur himoyalanar, balki, biroz oldinroqda kutib olar. SHu sababli bir qancha variantlar inobatga olib qo'yiladi. Futbolchilar o'yinda barcha variantlarni ko'rib chiqadi va qaysi variantda o'ynash kerakligini tushunib oladi. 

- Raqiblar bosh murabbiyi o'yinga kelish qiyinchiligini aytdi. Tarkibdagi bir qancha futbolchilar rulda bo'lganini takidladi. Bu o'yinga qanchalik tasir o'tkazdi?

- Raqiblarning o'yinga qanday kelganligini bilmasdim. Bu doimo og'ir holat bo'lgan va o'zining tasirini o'tkazmasdan qolmaydi. Siz rulda bo'lib, o'yinga kelyapsizmi, demak, maksimal harakat qila olmaysiz. "G'ijduvon"ning o'yinlarini ko'rgandik. Ular o'z maydonida boshqa jamoalar bilan yaxshiroq o'yin namoyish qilgandi. Ikkinchi bo'limda ularning kuchi tugab qolganini barcha ko'rdi. Turib qoldi deyish anchagina qo'pol bo'ladi, shunchaki harakatlari kamayib ketdi. Bu jismoniy holatga juda katta tasir ko'rsatadi. Jamoa o'yinga o'yin kuni kelib, dam olishsiz maydonga tushishi juda og'ir bo'ladi. Buni ko'rdik ham.

- Boyan Naydenov "Lokomotiv" tarkibidagi o'zining eng yaxshi o'yinini o'tkazdi desa bo'ladimi?

- O'z maydonimizda o'tgan so'nggi o'yinda ham Boyan borasida savol bo'lgandi. O'shanda uning darajasi yuqori ekanligini va shunday bo'sh hududlarni ochib beraverishsa, o'zining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsataverishini aytgandim. U rostdan ham bugun o'zining eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. Uning potenciali yuqori. Bu uning eng yaxshi darajasi emas, bundan-da yaxshiroq o'yin ko'rsata oladi. Uning ijrosidagi yaxshi paslar, harakatlar bo'ldi. Uning pas berish, ochilish, oldinga o'ynash madaniyati boshqacha. Bugun chiroyli gol urishi mumkin edi. Jurnalistlar asosan chiroyli vaziyatlarni qidirishadi, yaxshi o'yin ko'rsata olmay, gol ursa ham u bugun zo'r o'ynadi deyishi mumkin. U bugun rostdan ham chiroyli o'yin ko'rsatib berdi. Bu g'alabada uning katta xizmati ham bor.

- Siz yoshlar murabbiyi sifatida katta murabbiylikka etib keldingiz. Hozirgi paytda yoshlarning tez yo'qolib qolayotganining sababini nima deb o'ylaysiz? Masalan, "Lokomotiv"da ham shunday futbolchilar bor. Ular o'tgan yili Superligada o'ynashdi, biroq hozir ular Pro-liga darajasida ham emas ekan.

- Yoshlar bilan ishlashda davom etamiz. Bizga yosh kadrlar juda kerak. Klubda ham yoshlar bilan ishlashda katta harakatlar bor. Boshqa klublarda ham yoshlar bilan variantlari ko'p. Nega yoshlar hozir o'smayapti? Muammolari katta? Rivojlanishdagi asosiy muammolardan bittasi, faqatgina klubda emas, uning oilaviy hayotida ham bor. Kechagina klubdagi inson bilan bu borada gaplashgandim. Oldinlari ko'chada 7-8 soatlab to'p tepib yurgan bolakay hozir shuncha vaqtini telefonlar, planshetlar, mobil o'yinlar uchun sarflamoqda. Yo'q, buni asosiy sabab demayman. Bu ham o'zining tasirini o'tkazadi. Umuman olganda biz yoshlar bilan ishlashda davom etyapmiz. Hali bizdan ko'p yoshlar chiqadi. Ushbu mavsumda ham bir qancha yoshlar chiqishiga, debyut qilishiga ishonaman. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика