So’nggi yangiliklar

01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  3 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  3 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  1 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  9 23:45"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини ижарага бериб юбормоқчи  0 23:06Расман: Ноябрь ойида Ўзбекистон Мисрга қарши ўйнайди  9 22:55Холанд фаолиятида 4-марта АПЛда ой футболчиси бўлди  0 22:29Алексис Мак Аллистер ЖЧ-2026 ғолибини тахмин қилди  4 21:58Ўзбекистон термаси собиқ бош мураббийи: "Каннавародан кўра Кападзе термага кўпроқ мос эди"  26 21:44Жамолиддин Раҳматуллаев: "Ишлашимиз керак бўлган жиҳатлар кўп"  0 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни йирик ҳисобда мағлуб қилди  5 20:53Марсело Бьелса: "Ўзбекистон билан ўйин жиддийроқ бўлади"  10 20:13А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  1 19:56​Бразилия Кореяни тор-мор келтирди  6

Denis Korostichenko: "Jamoada katta o'zgarishlar ro'y berdi. Superligada jon saqlab qolish emas, yuqoriroq o'rin egallashni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Jamoada katta o'zgarishlar ro'y berdi. Superligada jon saqlab qolish emas, yuqoriroq o'rin egallashni maqsad qilganmiz"

Superliga 15-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng (1:1) mehmonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko uchrashuv haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.





- O'yin haqida

- O'yin bosim ostida o'tdi. Fikrimcha, kurashlarga boy bo'ldi. Har ikki jamoa ham g'alabaga harakat qildi. Lokomotiv har bir o'yinda yutishi kerak. O'Z navbatida biz ham ochko to'plashimiz kerak. 

Bizning ham, raqib darvozasi oldida ham vaziyatlar bo'ldi. Durang adolatli natija bo'ldi deb o'ylayman.

- "Olimpik"da katta o'zgarishlar bo'ldi. Jamoa ikkinchi davraga qanday tayyorgarlik haqida gapirib o'tsangiz...

- Ha, bizda o'zgarishlar bo'ldi. Asosiy tarkibdagi yigitlar boshqa jamoalarga ketishdi. Bu o'z navbatida jamoa o'yiniga tasir ko'rsatadi. Biz boshqa futbolchilarni ko'rikdan o'tkazdik. Biz qimmatbaho futbolchilarni taklif eta olmadik, yoshi kattaroq futbolchi yoki legionerlar evaziga ham jamoani kuchaytirish imkoni bo'lmadi. Yoshi katta birgina futbolchi bor - u Sunnatillo Abdullajonov. U bugun o'yinda gol ham ura oldi. Biz chempionat oxirigacha shu yigitlar bilan kurashamiz va ularga imkoniyat berishga harakat qilamiz. 

- Jamoani ikkinchi davradagi rejalari va maqsadlari qanday? "Olimpik" loyihasi yo'q bo'lib ketishi mumkin degan gap-so'zlar ham bor, shuningdek Timur Kapadze ham ketdi...

- Temur Kapadze ham ketdi. Temur aka matbuot anjumanida so'nggi to'rt yilni bosim ostida o'tkazganini aytdi. Hozircha tatilga ketdi. U o'z maslahatlari bilan jamoaga yordam berib turibdi. Biz chempionatda o'ynayapmiz va Superligada qolishni maqsad qilganmiz. Biz jon saqlab qolishni emas, yuqoriroq o'rinni olishni maqsad qilganmiz. Biz qolsak, loyiha davom etadi deb o'ylayman.

- Hozirgi tarkibdan qay darajada qoniqayapsiz? 

- Bu "Olimpik"ning dastlabki yildagi vaziyatga o'xshash holat. O'shanda bazi futbolchilar o'z jamoalariga kerak bo'lmay qolgandilar. Ikkinchi davrada biz bunday yigitlarga imkoniyat beramiz. Barchasi o'zlariga bog'liq. Bizda vaqt juda kam edi. Yigitlar bir-birlarini tushunib olishlari uchun vaqt kerak edi. Ular har bir o'yinga yuqori maqsadlar bilan maydonga tushishadi. 

- Siz ketganingizdan beri "Lokomotiv" qanchalik o'zgaribdi?

- BIrinchi davrani boshqa murabbiy bilan boshlagandi. Dastlabki o'yinlar yaxshi o'tgandi. Keyin nimalar bo'lganini bilmayman. Hozirda Aleksandr Sergeevich ish olib bormoqda. Juda kuchli mutaxassis va yaxshi inson. U jamoa bilan yaxshi natija ko'rsata oladi deb o'ylayman. Jamoa yaxshi tomonga o'zgaryapti. Jamoaga barcha yaxshi niyatlarimni tilayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика