So’nggi yangiliklar

11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  1 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  4 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  0 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  1 08:08Бугун финал!  9 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  14 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  11 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  25 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1

Denis Korostichenko: "Futbolchilar faqatgina o'zini namoyish etish uchun emas, balki jamoa uchun va "Olimpik" nomi uchun kurashishmoqda" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Futbolchilar faqatgina o'zini namoyish etish uchun emas, balki jamoa uchun va "Olimpik" nomi uchun kurashishmoqda"

Superliga 16-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "So'g'diyona" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- "So'g'diyona"ni g'alaba bilan tabriklayman. Afsuski, bugun raqibga ko'p golli vaziyatlar yaratib berdik. Raqibimiz xavfli vaziyatlarning biridan foydalandi va g'alabani ilib ketdi. O'zimiz ham vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo ulardan foydalana olmadik. O'yinni tahlil qilib chiqamiz va keyingi uchrashuvlarda yaxshiroq o'yin namoyish etamiz degan umiddaman.

- Jamoangiz bugun ham maydonda yaxshi harakat qildi va mazmunli o'yin namoyish etdi. "Olimpik" jamoasiga bugun durangga erishish uchun nima etmadi deb o'ylaysiz? CHunki jamoangiz bugun ko'p vaziyatlarga ega bo'ldi.

- Jamoa haqida bildirilayotgan iliq fikrlarni eshitishdan xursandman. Ushbu yigitlarga yanada yaxshiroq o'ynashi uchun biroz vaqt kerak. Murabbiylar shtabi bilan ushbu muammolarni bartaraf etish ustida ishlamoqdamiz. Durang uchun tabiiyki gol etishmadi. Realizaciya masalasini ham yaxshilashimiz kerak. 2-3ta yaqqol vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Himoyada ham biroz barqarorlik etishmayotgandek. Keyingi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq o'yin namoyish etishga intilamiz.



- Bugun "Olimpik" o'yinni qaysi jabhasida raqibdan ustunlik qildi deb o'ylaysiz? Yoki jamoangiz o'yinidagi qaysi jihat sizni yaxshi manoda xursand qildi?

- O'yinimizdagi tezkorlik va mobillik menga yoqdi. Yigitlarning ishtiyoqi ham meni xursand qildi. Yigitlarga bugungi kurash uchun rahmat aytaman. SHunday tempda davom etishimiz kerak. Futbolchilar faqatgina o'zini namoyish etish uchun emas, balki jamoa uchun va "Olimpik" nomi uchun kurashishmoqda. Bugun jamoamni maqtashdan ko'ra ko'proq tanqid qilgan bo'lardim.

- Futbolchilar bugun oddiy vaziyatlarda ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. Masalan, himoyadagi paslarda ko'p xatolar kuzatildi. Ushbu muammoni hal etish bo'yicha qandaydir rejangiz bormi?

- Ha. Bu xatolar taktik jihatdan kelib chiqdi deyishimiz mumkin. Qaysidir himoyachi kechroq pas bergan bo'lishi mumkin yoki qaysidir futbolchi kechroq ochilgandir. O'yinni to'liq tahlil qilib chiqishim kerak. Himoyada texnik brakga yo'l qo'ydik. Futbolchilarimning texnikasi past demayman, biroq bugun ular ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi. Bu ruhiyat bilan bog'liq ham bo'lishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика