So’nggi yangiliklar

14:50"Реал" яқин йиллар ичида Испания термаси асоси бўлишни истамоқда  0 14:20Каннаваро тарихдаги энг яхшиларни айтди  0 13:51Дембеле нечи ёшида фаолиятини якунламоқчи эканлигини айтди  1 13:30МЮ мураббийлар штабига "Спортинг"дан мураббийлар келди  0 13:02"Истиқлол" - "Пахтакор" учрашуви қаерда бўлиши эълон қилинди  3 12:46"Ливерпуль"дан 4, "Челси"дан 2 футболчи. АПЛнинг дастлабки 11 тур рамзий термаси тузилди  1 12:20Горецка АПЛ томон йўл олиши мумкин  0 11:55Халқаро майдонда фаолият олиб борувчи ўзбекистонлик мутахассислар сони ортди  0 11:36Кубо учун топ-клублар курашади  1 11:12"Байер" футболчиси "Барселона" ёки "Бавария"га ўтади  2 10:53ХХI асрнинг энг яхши африкалик футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  8 10:20«Adidas» Аргентина терма жамоаси билан ҳамкорликнинг 50 йиллиги шарафига махсус форма тақдим этди  1 09:47«Барселона» афсонаси Месси нима сабабдан Роналдудан кучли эканлигини тушунтириб берди  40 09:11Косово футболчилари Руминия билан ўйиндан сўнг кийиниш хонасига бир уюм чиқинди ташлаб кетишди  12 08:30Салоҳ ёшлигида кимга ўхшашни орзу қилганини айтди  0

Denis Korostichenko: "Biz o'z futbolchimizni himoya qilishni istaymiz" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Biz o'z futbolchimizni himoya qilishni istaymiz"

Pro liganing 5-turi doirasida "Dinamo"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirdi.


- Barchaga salom. O'yin haqida nima deyish mumkin. Bu o'yin hech kimning ko'nglini qoldirgani yo'q. Garchi o'yinda gol urilmagan bo'lsa-da, ko'plab vaziyatlar bo'ldi, ikkala jamoa hujumkor o'yin namoyish qildi. Umuman olganda teng o'yin bo'ldi deyish mumkin. Bunday o'yinlar doimo qiziq bo'ladi. Jamoalar hujumga oshiqdi, vaziyatlar yaratishga intilishdi, biz ham ular ham yopilib olmadik. Menimcha, ulardan ko'ra bizda biroz ko'proq ustunlik bo'ldi, to'pni ko'proq ushlab turdik, ko'proq vaziyat yaratdik. Birinchi bo'limda standartlardan boshqacha uslublarda foydalanishga harakat qildik. Reja qilgan ko'p ishlarimiz o'xshadi, faqatgina gol ura olmadik. Yigitlar o'zini o'yinga bahsh qila olishdi. Bahsning so'nggi daqiqalari bosimga boy o'tdi. So'nggi daqiqaga qadar barcha kurashdi, o'ynadi. "Dinamo" ham yomon o'yin ko'rsatmadi, ularda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi. SHu sababli teng o'yin bo'ldi deya olaman.

- Yarim himoyachilarning o'yinidan qoniqdingizmi? CHunki jamoa tezkor hujumga o'tayotgan paytda yarim himoyachilar ortda qolib ketdi. SHu sababli jamoaning hujumlarida rang-baranglik etishmadi. Xuddi yarim himoyada chuqurlik paydo bo'lgandek edi.

- Buni gapirish juda qiyin, balki, raqibning o'yini bilan bog'lash ham mumkin. CHunki yarim himoyachiga ham tezkorlik bilan 45-50 metr masofani bosib o'tish oson emas. Bizning futbol to'pni nazorat qilishga asoslangan. SHu sababli yarim himoyachilarimiz asosan himoyachilarning yoniga joylashib, hujumga paslar orqali chiqish uchun o'ynashdi. Hujumga tezkorlik bilan o'tayotganimizda esa hujumchilar tezlikni oshirmoqchi bo'lganida ortga pas berishdi. To'g'ri, bunday paytda yarim himoyachilarning jismoniy holati yaxshi bo'lishi va hujumchilarga yaqinroq joylashishi kerak edi. To'g'risini aytganda, jiddiy xatolar ko'rganim yo'q. Bir-ikki vaziyatda yarim himoyachilarimiz hujumchilarga yordam bera olmagani rost. Yoddan chiqarmaslik kerak, hozir Ramazon oyi. Bir qancha yarim himoyachilarimizdan tashqari, ko'plab futbolchilarimiz ro'za tutmoqda. SHu sababli ular bazida jismonan vaziyatga ulgura olmayapti, bor kuchini ishlata olmayapti. Balki shunday ko'rinib qolishi ham mumkin.

- "Aral" va "Xorazm"ga qarshi o'yinlardan keyin "Lokomotiv" sifatliroq o'yin namoyish qildi. Bu bugungi raqibning hujumga ko'proq etibor bergani bilan bog'liqmi yoki himoyaga kamroq etibor bergani bilan?

- Ikkisi ham. Gapingiz to'g'ri. "Aral" va "Xorazm" singari bugungi raqib yopilib olgani yo'q. Undan tashqari, biz o'z maydonimizda o'ynadik. O'zimiz ko'rsatmoqchi bo'lgan futbol talabiga maydonimiz javob bera oladi. "Dinamo" yopilib olmagani uchun biz ham ko'proq hujum uyushtirdik, xavfliroq o'ynashga harakat qildik. "Aral" va "Xorazm" ko'proq himoyada o'ynagani uchun kamroq vaziyat yaratdik. "Xorazm" maydoni unchalik sifatli emasdi, balki, keyinchalik yaxshi bo'lib ketishi mumkindir. Biroq biz juda qiynaldik va og'ir o'ynadik. Bugun esa ko'proq hujum qildik. O'yin ham yaxshi bo'ldi. Bizga bir gol etishmadi.

- Eshitishim bo'yicha Boyan Naydenov qishda olgan jarohati sababli jamoadan ketishi mumkin bo'lgan ekan. Ammo hozir u o'zining holatini tiklab, yaxshi o'yin namoyish qilmoqda.

- Boyan borasida bunday suhbat bo'lgani yo'q. U bilan shartnoma imzoladik va o'z hududida qanday o'yin namoyish qilishini kuzatdik. Uning o'yinlari bizga yoqdi. Ha, yig'inda uning jarohat olgani yomon bo'ldi. SHundan keyin u jamoada qolib, tuzalish-tiklanish reabilitaciyalarini olib bordi. SHoshilmadik, chunki uning imkoniyatlarini yaxshi bilardik. Uni ikki mavsum oldin "Navbahor"dagi o'yinlari orqali ham ko'rgandik. SHu sababli uning to'liq tuzalishini shoshmasdan kutdik. Mana shu kunlarga etib keldik. Unga baribir eng yaxshi holatiga qaytib olishi uchun bir qancha o'yinlar kerak. Uning o'yinlari muxlislarga ham manzur keldi. U yaxshi yuqori darajali, yaxshi sifatli futbolchi.

- So'nggi daqiqada Manuchexr Safarovning olgan qizil kartochkasi haqida nima deysiz?

- Vaziyatni ko'rmadim, futbolchimizga ishonamiz. Manuchexr bilan gaplashdik, hech narsa qilmadim, urmadim, deb aytdi. To'g'ri, qizishib ketib, yugurib bordi. Videoda o'sha vaziyatni ko'rish kerak. Agarda u rostdan urgan bo'lsa, alohida suhbat olib boramiz, balki, jarimasi ham bo'ladi. Vaziyatni to'g'ri tushunish ham kerak - so'nggi daqiqa, barcha yutishni istamoqda, shu sababli hamma qizishib ketgan. U erda faqatgina uning aybi bo'lgan deb aytish ham qiyin. Raqiblarning 44-raqamli futbolchisining harakatlari unchalik yoqmadi. U provokator sifatida provakaciyani boshladi. O'sha joyda Marat Bikmaev ham Oleg Zoteev ham bor edi. SHunda ham u qizishishda davom etdi va provakaciya qildi. Bu erda intizom ham kerak. 

- 2018 yilda Xusniddin G'ofurov "Lokomotiv"da o'ynab yurgan paytlarida "Metallurg" maydonida qizil kartochka oldi. Navbatdagi o'yin "Paxtakor"ga qarshi edi. Muhim o'yin. O'shanda "Lokomotiv" klubi o'yinga 3 kun qolganida qizil kartochkaga appelyaciya bermoqchi bo'lganida PFL ish 7 kundan 20 kungacha vaqt oralig'ida ko'rib chiqilishini malum qildi. SHundan keyin klub appelyaciyasini qaytarib oldi. CHunki appelyaciya berilgan taqdirda ham G'ofurov "Paxtakor"ga qarshi o'ynay olmasdi. Manuchexr uchun appelyaciya yozilishi mumkinmi?

- Albatta. Vaziyatni ko'rib chiqib, shu ishni qilishimiz kerak. Biz o'z futbolchimizni himoya qilishni istaymiz. Agarda u rostdan urmagan bo'lsa, appelyaciya yozamiz. Hozir ko'plab qizil kartochkalarni appelyaciya qo'mitalari bekor qilishmoqda. Bo'lib turadi. Hakam xato qilgan bo'lsa, uni to'g'rilash kerak. Bu borada PFLda mutaxassislar ishlamoqda. Vaziyat ko'rib chiqilsa kerak.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика