So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  39 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

Denis Ivankov: "Ushbu g'alabani dadamning xotirasiga bag'ishlayman" Yangiliklar

Denis Ivankov: "Ushbu g'alabani dadamning xotirasiga bag'ishlayman"

Teglar :  Denis IvankovNasaf
"Nasaf" jamoasining darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov finaldagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Bugun juda xursandman. Ajoyib g'alaba, tarixiy natijani qo'lga kiritdik. Bugun dadam hayot bo'lganlarida (Aleksandr Ivankov Dmitrievich) 66 yoshni qarshi olgan bo'lardilar. Ushbu g'alabani O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, dadamning xotirasiga bag'ishlayman. Jamoamiz bugun chiroyli yo'nadi va haqli g'alabaga erishdi. Natija haqqoniy bo'ldi. Bu g'alabada shoigrdlarim, Eldorbek Suyunov, O'tkir Yusupov va Alibek Turopov kabi darvozabonlarimizni ham hissasi bor deb o'ylayman. Bir kishi hamma uchun, barcha bir kishi uchun kurashadi bizning jamoada. "Nasaf" bu katta oila degani. Bu erda barcha inoq. G'alabadan juda xursandmiz. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi murabbiylar shtabi, SHuhrat Toshpo'latov, Ilnur Sibagatullin kabi mutaxassislarning mehnati samarasi yuzaga chiqdi. Jamoamiz shifokorlari Barat aka, Hamza, Andrey, mamurlar Alisher Turdiqulov, Anvar Tukaev va boshqa barcha xodimlarning g'alabada o'z hissasi bor deb o'ylayman. Nihoyat uzoq kutilgan natijani qayd etdik. SHogirdim Eldorbek Suyunov uchun ham alohida xursandman. Eldorbek Suyunov O'zbekistonning ayni paytdagi birinchi raqamli darvozaboni. Eldor va barcha boshqa shogirdlarim bilan faxrlaman"
, - deydi Denis Ivankov.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика