So’nggi yangiliklar

20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  7 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1

Denis Ivankov: "Suyunov alohida dastur asosida shug'ullanmoqda" Yangiliklar

Denis Ivankov: "Suyunov alohida dastur asosida shug'ullanmoqda"

Xabaringiz bor, Qarshining Nasaf jamoasi shu kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida 8 fevral kuni o'tkaziladigan OCHL pley-off o'yiniga tayyorgarlik ko'ryapti.
O'zbekiston chempionati bronza medali sovrindori yig'indan o'rin olgan ilk nazorat o'yinini Albaniyaning Kukesi klubiga qarshi o'tkazib, Alisher Yusupov va Farrux Sayfievning gollari evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi nazorat o'yinida Qozog'istonning SHaxtyor klubi ham xuddi shu hisobda taslim etildi. Bu o'yinda jamoaning yangi azosi Igor Taran o'zini ko'rsatdi. Uchinchi bahsda Qozog'iston yoshlar (U-22) terma jamoasi taslim (3:2) etildi. Bu safar Taran xet-trikka erishdi. Biz jamoa darvozabonlari murabbiyi Denis Ivankov bilan bog'lanib, undan o'tkazilayotgan yig'in yuzasidan intervyu oldik.

- Turkiya yig'ini ko'ngildagidek davom etmoqda, - deya so'z boshladi D.Ivankov.  Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilyapti. SHaroitlar yuqori darajada. Futbolchilarning kayfiyati ham alo.

- "Nasaf" darvozabonlarining tayyorgarligi qanday ketmoqda?
- Hammasi reja asosida davom etmoqda. Futbolchilar kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazayotgan bo'lsa, darvozabonlarning mashg'uloti kuniga uch mahal qilib belgilangan. Murabbiylar ham, o'yinchilar ham to'liq kuch bilan mashg'ulotlarda ishtiorok etishyapti.

- "Nasaf"ning asosiy darvozaboni Eldor Suyunov jarohati sabab O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan Ummonga bora olmagandi. Uning jarohati qay darajada?
- Haqiqatan ham, Eldorning jarohati Osiyo chempionatiga borishiga to'sqinlik qilgandi. Hozir u alohida dastur asosida mashg'ulot o'tkazyapti.

- Qachon u to'liq kuch bilan maydonga tusha oladi?
- 8 fevral kuni Qatarda "Al-Jaish"ga qarshi o'tkaziladigan o'yinga tayyor bo'ladi.

- "Nasaf" darvozabonlari bir-biriga raqobat qila oladimi?
- Albatta. Raqobatsiz o'sish bo'lmaydiku! Sog'lom raqobat bor joyda mahorat va tajriba o'sib boradi.

- Demak, yangi mavsumda "Nasaf" tarkibida yangi darvozabon bo'lmadi. SHundaymi?
- O'ylashimcha, tarkibimizda mavjud darvozabonlar bilan mavsumni o'tkazamiz.

- O'zbek futbolidagi darvozabonlar muammosi bugun yoki kecha boshlangani yo'q. Oldindan bor bu muammo. Sizningcha, muammoning ildizi qaerda?
- Darvozabonlar bilan ishlaydigan mutaxassislar etishmayapti. Futbol maktablarida darvozabonlarni tarbiyalaydigan tajribali murabbiylar kam. O'zi bolalar bilan ishlash juda mushkul. Bolalarning psixologiyasi, xarakteri turlicha bo'ladi. Har biri bilan alohida gaplashish kerak. Afsuski, bunday sabrli, tajribali, malakali murabbiylar bizda etishmayapti. Keyin darvozabonlar bilan ishlaydigan murabbiylar hamma klublarda ham qadrlanavermaydi.

- Muammoning echimi bormi?
- Darvozabonlar bilan ishlaydigan murabbiylarni xorijga malaka oshirish uchun jo'natish kerak. Xalqaro tajriba to'plash orqali kutilgan natijaga erishish mumkin. Bejizga, darvozabonlarni yarim jamoa deyishmaydi.
 
- "Nasaf" akademiyasida tarbiya topayotgan yosh darvozabonlarning kelajagi haqida nima deya olasiz? Ular orasida pichoqqa ilinadiganlari bormi?
- 1997-1998 yillarda tug'ilgan guruhlarimizda siz aytgan kelajagi porloq darvozabonlar bor. Ular bilan ishlashni bir zumga ham susaytirmaslik kerak. Akademiya darvozabonlari bilan SHerzod Kattaev shug'ullanmoqda.

- Eldor Suyunov milliy terma jamoaga nomzod posbon hisoblanadi. Uning yutuqlari yaxshi, lekin oddiy muxlis ilg'amaydigan kamchiliklari nimalardan iborat? Ko'proq nimalar ustida ishlashi kerak?
- Oyoq harakatlariga ko'proq etibor qaratishi kerak. Tezkorlik etishmaydi. Bu bo'yicha mashg'ulotlarda ishlayapmiz.

Bugun "Nasaf" yig'indan o'rin olgan to'rtinchi nazorat o'yinini Ukrainaning "Vorskla" klubiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan 18:00da boshlanadi. 25 yanvar kuni esa Ukrainaning yana bir klubi "Karpati" bilan nazorat o'yini tashkil etiladi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика