So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Denis Bushuev: "Qizil kartochkagacha ishlar yaxshi ketayotgandi" Yangiliklar

Denis Bushuev: "Qizil kartochkagacha ishlar yaxshi ketayotgandi"

Coca Cola Superliganing 12-turi doirasida "Andijon" maydonidagi mag'lubiyatdan so'ng "Turon" bosh murabbiyi Denis Bushuev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Fikrlarim salbiy. Jamoam qizil kartochkaga qadar yaxshi o'yin ko'rsatayotgandi. Qizil kartochka borasidagi vaziyatni ko'rmadim, shu sababli nimadir deya olmayman. CHetlatishdan keyin bizga qiyinlik qildi, kamchilik bo'lib o'ynash oson bo'lmadi. Qanchadir vaqt mobaynida darvozamiz daxlsizligini ushlab turdik, keyin yigitlarda kuch qolmadi. Kamchilik bo'lib o'ynash juda qiyin. Raqiblar katta bosim uyushtirdi va kerakli gollarini urdi. 

- "Turon"dagi faoliyatingizda liganing 5 o'yinida qatnashib, 1 ochkoga ega bo'ldingiz. Bu borada fikringiz qanday?

- Keling, bugungi o'yin haqida gaplashaylik. Barcha uchrashuvlarda bizda etarlicha imkoniyatlar bo'lmoqda. Bugun ham qizil kartochkagacha ishlar yaxshi edi, hisobda oldinda borayotgandik. Hisobdagi farqni oshirishimiz ham mumkin edi. Agarda biror o'yinda jamoam oxirigacha o'ynamay tashlab yuborayotgan bo'lsa, gapirsa bo'lardi. Biroq jamoam oxirigacha kurashmoqda, o'ynamoqda. Qandaydir detallar o'yin taqdirini hal qilyapti. Jamoaning kelajagiga yaxshi umid bilan qarayapman. Tarkibimizda yosh futbolchilar juda ko'p, ular professional futboldagi ilk qadamlarini tashlashmoqda. 

- "Andijon"dan shunday o'yin kutganmidingiz?

- Istalgan jamoaga bu erda qiyin bo'ladi. SHu sababli 120 foiz, balki, undan ham ko'proq kuch bilan o'ynash kerak. Turnir jadvalining birinchi yoki ikkinchi qismidagi jamoa deb ajratilmaydi va maksimal kuch bilan o'ynash kerak. Afsuski, bugun biz mag'lub bo'ldik. 

- Aleksandr Xomyakov bilan munosabatlaringiz yaxshimi?

- Ha, u bilan tanishman. Birgalikda licenziya uchun o'qiganmiz. Anchadan buyon u bilan ko'rishmagandim, ko'rib xursand bo'ldim. Uni g'alaba bilan tabriklayman va navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика