Demiral faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin
24 iyu 2021 10:56
Yangiliklar
Demiral faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin
"Yuventus" himoyachisi Merix Demiralning agenti "Tottenxem" bilan aloqaga chiqdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, tomonlar 23 yoshli futbolchining tez oradagi transferi borasida muloqot qilishgan.
"Yuventus" turkiyalik himoyachisini 40 million evro evaziga boshqa klubga qo'yib yuborishga tayyor.
Futbolchi o'tgan mavsum "Yuventus" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Merixning Turin klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar