So’nggi yangiliklar

14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  2 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7

Dembele moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan "Evre"ga 100 ming evro o'tkazib berdi. Usmon shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi Yangiliklar

Dembele moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan "Evre"ga 100 ming evro o'tkazib berdi. Usmon shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi

Usmon Dembele sobiq klubini qiyin vaziyatda qo'llab-quvvatlayapti.

RMC Sport"ning xabar berishicha, "Barselona" vingeri Franciya 4-divizion vakili moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan "Evre"ga yordam qo'lini cho'zgan. Jurnalist Aleksandr Samsonning malum qilishicha, Dembele taxminan 100 ming evro mablag'ni klub hisobiga o'tkazgan.

"Klub prezidenti Samyuel Brigantino va Evre shahri meri Gi Lefran sahiyligi va og'ir pallada klubga ko'rsatgan yordami uchun Usman Dembelega minnatdorchilik bildirishdi. Usman – klub tarbiyalanuvchisi va Evre shahri faxri hisoblanadi.

Usman klubni doim qo'llab kelgan va bugun, tarbiyachilarimiz hamda volonterlar yordamida, uning 700 nafar azosi zo'r sharoitlarda shug'ullanib, u bosib o'tgan yo'ldan o'tishlari uchun imkoniyat yaratishga o'z hissasini qo'shdi", – deyiladi "Evre" bayonotida.

Francuz avvalroq ham qadrdon klubi va shaharga yordam qo'lini cho'zgan. 2020 yil may oyida u koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlari va turli associaciyalar vakillarini moliyaviy jihatdan qo'llagan. O'sha yili u mahalliy xayriya tashkilotlariga qo'shilgan va yordamga muhtojlarni qo'llashda ishtirok etgan.

Usmon "Evre"da 7 yoshdan shug'ullanishni boshlagan. U klub tizimida 2010 yilgacha bo'lgan va keyin "Renn" klubiga ko'chib o'tgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика